Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi tugatildi. Kun.uz bilan boğlangan bir-biridan mustaqil ikki manbaning xabar berişiça, kengaş tarqatib yuborilişiga uning “faol işlamayotgani” asos sifatida keltirilgan.

Kengaş a’zolaridan birining aytişiça, kengaşni tarqatib yuborişdan maqsad undagi faollarni kengaşdan çetlatiş bölgan. Şuningdek, u bir neçta faol blogerlar 2021 yildayoq jamoatçilik kengaşidan çiqib ketganini ta’kidladi.

Holatga izoh bergan Korrupsiyaga qarşi kuraşişi agentligi matbuot xizmati bugun, 24 mart kuni Jamoatçilik kengaşining navbatdagi hisobot yiğilişi bölganini tasdiqladi.

“Bugungi yiğilişda kengaşning 2021 yildagi faoliyati böyiça hisobot va 2022 yildagi rejalari körilişi kerak edi. Lekin kengaşning köpçilik a’zolari öz faoliyatidan qoniqmagani uçun uni tarqatib yuboriş masalasi kötarildi. Köpçilik a’zolarning ovozi bilan Jamoatçilik kengaşini tarqatib yuboriş böyiça qaror qabul qilindi. Uşbu protokol endi agentlik direktori Akmal Burhonovga berilişi kerak, direktor körib çiqib imzolagaç, bu hujjat yuridik kuçga ega böladi”, – dedi agentlik vakili Bahrom Burhoniddinov.

Şuningdek, Bahrom Burhoniddinov şu kungaça blogerlar Nikita Makarenko, Otabek Bakirov va Zafarbek Solijonovlar kengaş a’zoligidan çiqib ketganini ma’lum qildi.

Eslatib ötamiz, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi huzuridagi jamoatçilik kengaşi a’zosi, korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça xalqaro mutaxassis Qodir Quliyev 20 mart kuni Kun.uz'da e’lon qilingan intervyusida Jamoatçilik kengaşining faoliyatini tanqidiy baholagan edi.

“Afsus, bizda [Jamoatçilik kengaşida] birdamlik yöq. Jamoatçilik kengaşi raisi tomonidan monopol kuçga ega tizim bölyapti. Masalan, yaqinda kengaş raisi örinbosari lavozimiga ikki nafar nomzod tavsiya qilindi. Bilmayman, bu nomzodlar qayerdan tanlandi. Men jamoatçilik kengaşi faoliyatida erkin fikrlaşga tösqinlik paydo böldi, deb öylayman.

Yaqinda OAV oldida berilgan hisobotda men OAVlar oldida agentlik direktoriga savol bermoqçi edim, menga savol bergizmadi. Meni tanqidiy fikr bildiriş, ötkir savollar berişimga tösib qöyişdi. OAV vakillari ketgaç, men yiğilişda savollarimni söramoqçi edim, yana jamoatçilik kengaşi raisi meni töxtatişni boşladi. Aslida rais ham hamma a’zolar bilan teng huquqqa ega.