“Taşabbusli budjet”ning bu yilgi 2-mavsumida 2 mingdan ortiq ovoz töplagan loyihalarning hammasi moliyalaştiriladigan böldi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 11 oktyabr kungi yiğilişda körsatma berdi.

Topşiriqqa köra, ğolib deb topilgan 1418 ta loyihaga qöşimça ravişda, har biri 2 mingdan ortiq ovoz töplagan, lekin ğolib deb topilmagan 364 ta loyiha uçun respublika budjetidan 335 mlrd söm ajratiladi.

Qöşimça ğolib deb topilgan 364 ta loyihaning 110 tasi maktablar, 113 tasi mahallalardagi içki yöllar, 49 tasi şifoxonalar, 16tasi boğçalarni ta’mirlaş va jihozlaşga oid.

Natijada, 2-mavsum uçun ajratilgan jami mablağlar miqdori 1,3 trln sömni taşkil etib, mavsum doirasida ğolib deb topilgan loyihalar soni 1782 taga yetadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Şu bilan birga, 200 dan ortiq aholi qöllab-quvvatlagan mahalla şifokorlik punktlari, oilaviy poliklinikalarni jihozlaşga kelgusi yilda qöşimça 200 milliard söm ajratiladi. Bu orqali 195 ta loyiha doirasida 600 ta mahalla aholisi qamrab olinadi.

Yana bir muhim yangilik: 2023 yildan boşlab mahallalardagi infratuzilma uçun mablağlar faqatgina “Taşabbusli budjet” orqali, aholi ovoz bergan loyihalarga ajratiladi.

Buning uçun “Taşabbusli budjet”ga joriy yilga nisbatan 3,5 barobar köp (8 trln söm) mablağ ajratiladi. Bunda “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlari uçun ajratilişi közda tutilgan mablağlar ham fuqarolar tomonidan ilgari surilgan loyihalarga yönaltiriladi.

“Şunda öğrilik bölmaydi, adolat böladi, odamlar özlari hissa qöşgan loyihalarni albatta asrab-avaylaydi”, dedi prezident.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni köproq hal etiş maqsadida 2023 yildan boşlab