Hisob palatasi tomonidan “2021 yil uçun Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti töğrisida”gi Qonuni loyihasi va 2021 yil uçun Budjetnoma böyiça xulosasi tayyorlandi.
Xulosada qayd etilişiça, Soliq kodeksining 460-moddasida avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) Özbekiston hududiga vaqtinçalik olib kirganlik uçun yiğim mamlakatning özida işlab çiqarilgan avtotransport vositalari sotib olinganda, yiğim qonun hujjatlarida belgilangan tartibda avtotransport vositalarini işlab çiqaruvçilar tomonidan tölanişi belgilangan.
Şuningdek, prezidentning 2019 yil 18 iyuldagi “Özbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-4397-son qarori 3-bandiga asosan 2019 yil 1 oktyabrdan boşlab respublikada işlab çiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uçun yiğim avtotransport vositalari işlab çiqaruvçilari tomonidan tölanişi qayd etilgan.
Biroq “Özavtosanoat” AJ tizimidagi avtotransport vositalari işlab çiqaruvçilari tomonidan 2020 yil davomida yiğim tölanmasdan kelinmoqda, deyiladi Hisob palatasi xulosasida.
Ta’kidlanişiça, UzAuto Motors AJ tomonidan 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida 582,6 mlrd söm yiğim tölanmagan.
“Yuqoridagilarni inobatga olib, “Özavtosanoat” AJ tizimidagi avtotransport vositalari işlab çiqaruvçilarni yiğim tölaşdan ozod etişni belgilovçi imtiyozni qayta körib çiqiş maqsadga muvofiq hisoblanadi”, – deyiladi xulosada.
Avvalroq Boş prokuratura UzAuto Motors’ga nisbatan jinoiy iş qözğatişni rad etgani xabar qilingandi.








