Aslida, farzandlarimiz qöşimça darslar olayotgani juda ham yaxşi. Ammo bu holning maktabdagi ta’lim, ota-onalarning iqtisodiy ahvoli va davlatning ijtimoiy holatiga uzoq muddatli ta’sirlarini örganib çiqsak, ançagina salbiy.
Keling, buni boşidan keçirgan Janubiy Koreya misolida körib çiqsak.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 2009 yil holatiga köra koreys boşlanğiç maktablaridagi 87 foiz öquvçi, örta sinf öquvçilarining 74 foizi hamda yuqori sinf öquvçilarining 62,8 foizi qöşimça pulli darslarga qatnagan. Buning oqibatida ota-onalar oila budjetining 20 foizini bolalarning qöşimça darslariga sarflaşga majbur bölgan.
Vaziyat şu darajaga yetganki, agar kimdir öz farzandini öquv kurslariga bermasa, u bemehr, e’tiborsiz sifatida qaralib, yon atrofidagi qöşnilar va qarindoşlar tomonidan tanqidlarga uçray boşlagan.
Oqibatda, örtahol oilalarning iqtisodiy ahvoli juda ham abgor holatga kelib qolgan. Bunday oilalar farzandlarining kurslarda qatnaşişini ta’minlaş maqsadida qöşimça işlar qilişga, yaqinlaridan qarz bölişga majbur bölgan.
Yillar ötib ota-onasining yoki tanişlarining qiynalayotganini körgan turmuş quriş arafasida bölgan koreys yoşlari oila qurişni keçiktira boşlaşgan. Turmuş qurgan taqdirda ham farzandli böliş haqida juda ham çuqur öylaşadigan bölişdi. Alaloqibat, şu davrdan boşlab Janubiy Koreyada tuğiliş soni keskin kamaya boşlagan. Hozirgi kunga kelib Janubiy Koreya aholisi kamayayotgan davlatlar qatoriga kirib qoldi.
Xöş, nega bolalar pulli kurslarga borişga majbur böldi?
Eng katta sabab — Janubiy Koreyada öquvçilar faqatgina bir marta imtihon topşiradi va bu ularning bir umrlik taqdirini hal qiladi. Ya’ni siz töplagan ballingizga qarab, universitet tanlay olasiz. Agar past ball olsangiz siz top universitetda öqiş imkoniyatini bir umrga yöqotasiz. Şuning uçun koreys öquvçilari yoşligidanoq öşa imtihonga tayyorgarlik körişadi.
Bunday kuçli bosim öquvçilarning maktab darslarini çetga surib öquv kursidagi darslarni bajarişga köproq e’tibor berişga majbur qila boşladi. Darsda ötilgan mavzuni qöşimça kursda örgangan öquvçilar dars davomida e’tiborsiz ötirişni boşlaşdi. Oqibatda, maktab darslarining sifati tuşib ketdi. Maktablarda öqituvçilarning obröyi öquv kursidagi öqituvçilardan pastroq darajaga tuşdi.
Koreya hukumati yoşlar pulli kurslarga qatnaşişi oqibatida katta muammolarga duç kela boşladi. Birinçidan örta sinf xarajatlari ortdi, bu qatlamdagi köpçilik quyi qatlamga tuşib ketdi va banklardan qarzdor bölib qoldi.











