Prezidentning “Toşkent davlat tibbiyot universitetini taşkil etiş va sohada kadrlar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida” qarori loyihasi e’lon qilindi.

Toşkent tibbiyot akademiyasining kuzatuv kengaşi, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilişi mumkin:

a) Toşkent tibbiyot akademiyasini Toşkent davlat tibbiyot universiteti etib qayta taşkil etiş;

b) Universitet tarkibida:

Toşkent tibbiyot akademiyasining Markaziy ilmiy-tekşiriş laboratoriya negizida belgilangan tartibda jalb etiladigan budjetdan taşqari mablağlar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy taşkilotlarning grantlari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ötkaziladigan tanlovlar natijalari böyiça ajratiladigan grantlar hisobidan moliyalaştiriladigan Eksperimental tibbiyot ilmiy-tekşiriş institutini taşkil etiş;

Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasini Toşkent davlat tibbiyot universiteti klinikasi etib qayta taşkil etiş.

Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib quyidagilar belgilanadi:

  • uzluksiz tibbiy-kasbiy ta’lim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş;
  • öquv jarayonini amaliy könikmalarni şakllantirişga yönaltiriş, xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilğor pedagogik texnologiyalar, öquv dasturlari va innovatsion öquv-metodik materiallarni keng joriy etiş, klinika va öquv bazalari faoliyatida nazariy bilim hamda amaliyotning uyğunligini ta’minlaş uçun zarur şaroitlar yaratiş;
  • fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot işlarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolarning yeçimiga qaratiş, tibbiy ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarining uzviy boğliqligini ta’minlaş;
  • xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida talabalar, professor-öqituvçilar va ilmiy izlanuvçilar akademik mobilligi dasturlari hamda qöşma ta’lim dasturlarini joriy etiş va rivojlantiriş;
  • universitet ilmiy salohiyatini muntazam ravişda oşirib boriş, professor-öqituvçilar va ilmiy izlanuvçilarning nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar çop etişlarini ta’minlaş;
  • respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari va qadrlar buyurtmaçilari bilan hamkorlikda tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qiliş böyiça xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar taşkil etiş;