2021 yilda respublikaning barça hududlarida 10,6 mingta uy xöjaligi örtasida ötkazilgan kuzatuv natijalari asosida minimal iste’mol xarajatlari (MIX) qiymati hisoblandi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar qildi.

Qayd etilişiça, xalqaro uslubiyotdan kelib çiqib, MIXni hisoblaşda sörovnomada qatnaşgan uy xöjaliklari xarajatlari miqdori böyiça önta guruhga ajratilib, bu oilalar orasidan eng kam xarajat (daromad)ga ega 30 foiz uy xöjaliklari ajratib olindi.

Sörovnoma asosida mazkur uy xöjaliklarida jon boşiga kunlik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat (2200 kkal) va zarur bölgan nooziq-ovqat tovarlar hamda xizmatlar uçun minimal xarajatlar bir oyda kişi boşiga 498 ming sömni taşkil etişi hisob-kitob qilindi.

Eslatib ötamiz, 2020 yilda 5,4 ming uy xöjaligi örtasida ötkazilgan sörovnoma yakuni böyiça dastlabki hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari 2021 yil narxlarida 440 ming sömni taşkil etib, ötgan yilning may oyida e’lon qilingandi. Yangi e’lon qilingan miqdor – 498 ming söm undan 13,2 foizga köproq.

Statqömga köra, jahon tajribasida minimal iste’mol xarajatlari körsatkiçidan kambağallik çegarasi sifatida foydalaniş keng tarqalgan.

Mazkur körsatkiçdan:

  • davlatning moddiy va boşqa ijtimoiy kömaklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlaş;
  • mamlakat kambağallik çegarasini belgilaşda foydalaniş va bunda target guruhdagi aholining real iste’mol xususiyatlari va talablarini inobatga oliş;
  • kambağallikka qarşi kuraşiş strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va çora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oşiriş, şuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritiş;
  • pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilaş, şuningdek, kambağal oilalarga beriladigan boşqa turdagi moddiy kömaklarni körsatişda mezon sifatida foydalaniladi.

Ma’lumot uçun, MIXni aniqlaş tartibi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 avgustdagi “Minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblaş tartibini amaliyotga joriy etiş töğrisida”gi 544-son qarorida belgilangan.