«Bugungi kunda jahonning ilğor mamlakatlaridan biri bölgan Germaniya sanoat va texnologiyalar borasida tan olingan peşqadam sifatida global iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida yetakçi örinni egallab kelmoqda.
Bundan taşqari, Germaniya pandemiya oqibatlarini yengib ötiş böyiça xalqaro taşabbuslarni ilgari surişda faol iştirok etib, jahon mamlakatlariga, şu jumladan, Özbekistonga katta amaliy yordam körsatmoqda.
Xususan, Germaniya kömagi bilan COVAX taşabbusi doirasida şu oyning oxirida mamlakatimizga koronavirusga qarşi vaksinaning birinçi yirik partiyasi yetkazib beriladi. Bundan taşqari, Yevropaning yuqumli kasalliklarni örganiş sohasidagi nufuzi ilmiy-tadqiqot muassasasi – Robert Kox instituti bilan yaqindan hamkorlik örnatilgan.
Özbekiston va Germaniya yetakçilarining bugungi uçraşuvi kun tartibidan jahonda murakkab epidemiologik vaziyat oqibatida inqirozli hodisalar kuçayişi şaroitida mamlakatlarimiz örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari örin oldi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Özbekiston prezidenti va Germaniya kansleri ikki yil avval Berlin şahrida ötgan oliy darajadagi uçraşuvlarda erişilgan kelişuvlarning birgalikda amalga oşirilayotgani ikki tomonlama munosabatlarning barqaror sur'atlar bilan rivojlanişini ta'minlayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etişgan.
Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizda yangi demokratik yangilanişlar siyosatini oğişmay qöllab-quvvatlayotgani hamda yurtimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga moliyaviy-texnik jihatdan kömaklaşiş dasturini kengaytirayotgani uçun GFR hukumatiga minnatdorlik bildirdi.
Iqtisodiy hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Germaniya Özbekistonning muhim texnologik va investitsiyaviy şerigi bölib kelmoqda.
Keyingi yillarda özaro tovar ayirboşlaş hajmi 1,5 barobar köpaydi, 50ga yaqin yangi qöşma korxona taşkil etildi. Özbekistonda Germaniyaning «MAN», «Claas», «Knauf», «Papenburg» kabi maşhur kompaniyalari faol işlamoqda. «Volkswagen» va «Viessmann» kompaniyalari ilk bor yurtimiz bozoriga kirib kelgan bölsa, uzoq tanaffusdan söng «Siemens» va «Bosch» kompaniyalari qaytib keldi. Ötgan yilda Germaniya kompaniyalari tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 700 million dollardan oşdi.














