«Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş tizimini takomillaştiriş, işbilarmonlik muhitini yanada yaxşilaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qayd etilişiça, 2021 yil 1 may holatiga şakllangan taşqi savdo operatsiyalari böyiça muddati ötgan debitor qarzdorlik uçun xöjalik yurituvçi sub'yektlarga jarimalar qöllaş töxtatiladi. Debitor qarzdorlik vujudga keliş muddatlari 2021 yil 1 maydan boşlab yangidan hisoblanadi.
Şuningdek, çet eldan xorijiy valutadagi tuşum tuşişi keçiktirilişiga yöl qöygan eksportyorlar va «erkin muomalaga çiqariş» bojxona rejimida tovarlarni olib kiriş va rasmiylaştiriş, işlar bajariş yoki xizmatlar körsatişni öz vaqtida ta'minlamagan importyorlarga qonunçilikda belgilangan jarima miqdorlari ikki baravarga kamaytiriladi.
Avvalroq, prezident Şavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni rivojlantiriş va joriy yilda aholi bandligini ta'minlaş dasturi ijrosi böyiça videoselektor yiğilişida eksport valutasi öz vaqtida kelmagani uçun jarima miqdorini ikki baravarga qisqartiriş taklifini kiritiş böyiça körsatma bergandi.










