Samarqand viloyati matbuot uyida taşkil etilgan yiğilişda kommunal sohada uçrayotgan muammolar soha rahbarlari iştirokida muhokama etildi. Unda viloyat hokimi örinbosari O.Oçilov kun tartibidagi masala yuzasidan ma'lumot berdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Uçraşuvda ta'kidlanişiça, bugungi kunda aholidan tuşayotgan eng köp murojaatlar aynan kommunal xizmatlarga tegişli. Şu bilan birga, debitor qarzdorlik ham eng katta muammolardan biri bölib turibdi. Misol uçun, birgina elektr energiyasidan 2017 yil birinçi yanvar holatiga 660 milliard söm debitor qarzdorlik mavjud. Tabiiy gazdan esa bu qarzdorlik 601 milliard sömni taşkil etadi. Yanvar oyida 8,1 milliard sömlik tabiiy gazning puli tölanmagan. Bularning bari xizmat sifatiga yil sayin yomon ta'sir ötkazmoqda.

Şuningdek, «Markazgazta'minot» unitar korxonasi direktori Şukrullo Mahmudov hamda «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati raisi Fulom Primovlar sohadagi bugungi holat va amalga oşirilayotgan işlar haqida ma'lumot berdi.

– Har kuni ellik nafardan ziyod iste'molçi asossiz qarzdorlik böyiça bizga murojaat qiladi, – deydi «Markazgazta'minot» unitar korxonasi direktori Şukrullo Mahmudov. – Köpinça bunday qarzdorlik hisoblagiçlardan notöğri foydalaniş, iste'mol qilingan tabiiy gaz pulini nazoratçilarga topşiriş orqali yuzaga kelmoqda. Asossiz tarzda qarzdor bölib qolayotgan iste'molçilar ham bor. Aytiş lozimki, nazoratçining tabiiy gaz pulini iste'molçidan talab qilişi qonunga ziddir. Agar qarzdorlik mavjud bölsa, nazoratçi ogohlantirişi mumkin.

Yiğilişda aytilganidek, bugungi kunda mamlakatimizda tabiiy gaz sarfini hisoblaş uskunalari işlab çiqarişga moslaşgan ikkita zavod qurilişi davom etmoqda. Yil oxiridan boşlab yangi turdagi elektron hisoblagiçlarni gazta'minot idoralari hisobidan xonadonlarga örnatiş boşlanadi.