Keça, 25 aprel kuni internetda bir guruh baliqçilar Toşkent dengizida 35 kilogrammlik baliq ovlagani suratlari tarqalib, şov-şuvlarga sabab böldi. Ijtimoiy tarmoqlarda baliqçilarni omadli va mahoratli deb maqtaganlar yetarliça topildi. Ular orasida bu suratdan ilhomlanib, özi baliq tutişga şaylanganlar ham yöq emasdi. Kun.uz muxbiri tanganing ikkinçi tomonini ham örganiş maqsadida soha vakillariga murojaat qildi.

«Maqtaydigan narsa emas, aksinça...»

«Özbekbaliqsanoat» uyuşmasi vakillarining aytişiça, köpçilikning havasini keltirgan suratdagi «qahramon-baliqçilar»ni maqtaş mutlaqo örinsiz, çunki ular – brakonerlardir.

«Bu xabar tarqalganidan biz xavotirga tuşdik, çunki bu – noqonuniy narsa. Rasmlarni körib, 35 kilogrammlik baliq ovlangani odamlarni havasini keltirdi. Vaholanki, bu brakonerlikka kiradi. Uni tarğib qiliş emas, uning yomon oqibatlarini körsatiş kerak.

Bu – maqtanadigan, xursand böladigan narsa emas. Kimdir havzani ijaraga olib, öz hisobidan uni baliqlantirgan, yem bergan; kimdir esa tayyor yetiştirilgan baliqni keçasi kelib ovlab ketyapti, keyin uni sotiş orqali şaxsiy manfaat köryapti», – deydi uyuşma raisi örinbosari Şuhrat Rahmatov.

Baliqçi-brakonerlar «avjiga çiqqan» payt

Ma'lum bölişiça, Özbekistonda yilning bu paytida tabiiy suv havzalarida baliq ovlaş mumkin emas.

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatlaridan taşqari Özbekistonning barça hududlarida 15 apreldan 1 iyunga qadar tabiatda baliq ovlaş taqiqlanadi, yuqoridagi ikki hududda esa bu muddat – 25 apreldan 10 iyungaça. Biroq, şuning barobarida baliqçilikda aynan hozir – brakonerlik eng avj olgan paytdir.

«Bu oraliq muddat – baliqlarning köpayadigan davri, bu paytda tabiiy havzalarda baliqlarga antropogen ta'sir butunlay taqiqlanadi», – deydi «Özbekbaliqsanoat» uyuşmasi bölim boşliği Kamolxöja Ismoilxöjayev.

Uning tuşuntirişiça, bu davrda hamma baliq turlari ikra taşlaş uçun qirğoqqa çiqadi. Baliqlar iliqroq, kislorod serob bölgan sayoz joylarga çiqib, öt-ölanlarga uruğ taşlaydi. Ularda bu paytda faollik ham pasayadi, qölga tuşiriş ança osonlaşib qoladi.