Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
May oyida inflatsiya necha foizni tashkil etgani ma'lum qilindi
2020 yilning may oyida iste'mol narxlari va tariflarining oy davomidagi o‘rtacha o‘sish sur'ati 0,3 foizni tashkil etdi.
Foto: Reuters
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, meva va sabzavot narxlarining o‘zgarishini hisobga olmaganda, ushbu ko‘rsatkich darajasi 1,0 foizni tashkil etgan.
2020 yilning yanvar-may oylari davomida iste'mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 4,8 foizga ko‘tarildi.
Yillik davrda esa (2019 yilning mayiga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur'ati 14,0 foizni tashkil etdi.
O‘rtacha oylik INI o‘sishini hisoblash natijalariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-may oylarida ushbu ko‘rsatkich 0,9 foizni, 2019 yilning shu davrida esa 1,2 foizni tashkil etgan.
Bozorlarning yangi meva-sabzavot mahsulotlari hosili bilan to‘yinganligi sababli, ushbu tovarlar guruhi umumiy narxlarining pasayishiga olib kelib, natijada joriy yilning may oyida oziq-ovqat mahsulotlarining iste'mol narxlari indeksi (INI) 99,8 foizni tashkil etdi.
Oy davomida nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari 0,6 foiz, xizmatlar 0,8 foizga oshgan.
Mavzuga oid
10:05 / 17.01.2026
Yirik korxonalar traktor ishlab chiqarishni oshirdi
15:46 / 16.01.2026
O‘zbekistonda ko‘p bolali uy xo‘jaliklari ulushi keskin ko‘tarildi
13:39 / 16.01.2026
Hududlar kesimida elektr uskunalar ishlab chiqarish: Toshkent shahri birinchi o‘rinda
10:42 / 16.01.2026