Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Tsindao şahrida özi uçun ajratilgan qarorgohda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibining birinçi örinbosari Amina Muhammadni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari keyingi ikki yilda Özbekiston va BMT hamkorligi faol tus olgani, amaliy natijalar bilan boyiganini ta'kidladi. BMTning nufuzli delegatsiyalari mamlakatda bölgani, jumladan, Inson huquqlari böyiça Oliy komissar boşqarmasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça qabul qilingan amaliy çora-tadbirlar rejasi izçil amalga oşirilayotgani qayd etildi.

Amina Muhammad Özbekiston prezidentining BMT Boş Assambleyaning 72-sessiyasidagi iştirokini yodga oldi. Mamlakat tomonidan mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş va mustahkamlaş, şuningdek, Afğonistonni qayta tiklaşga kömaklaşiş böyiça körilayotgan aniq çora-tadbirlarni yuqori baholadi. Toşkentda ötgan “Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy şeriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiya bu masalaga jahon hamjamiyati e'tiborini tortgani qayd etildi.

Muloqotda avvalgi uçraşuvda erişilgan kelişuvlar ijrosining borişi böyiça atrofliça fikr almaşildi. Hamkorlikning istiqboldagi muhim yönalişlari muhokama qilindi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Xitoyga jönab ketgani xabar qilingandi.