Yozning jazirama kunlarida haydovçilar uçun quyoşdan saqlaniş muammoga aylanadi. Quyoşdan saqlanişning yaqinda qonuniylaştirilgan yöli, bu - 18 mln söm evaziga 1 yillik avtomaşina oynasi tusini özgartiriş (qoraytiriş) huquqini sotib oliş. Şu örinda, IIV mutasaddilarining pul tölamay (yoki tölay olmagan) oynasini qoraytirgan maşina egasini potensial jinoyatçiga tenglaştiriş haqidagi fikrlarini ortiqça izohsiz qoldiramiz.

Bugun mavzu boşqa: maşinaning orqa yon oynasiga parda örnatiş mumkinmi?

Amaldagi Yöl harakati qoidalariga binoan, M1 toifadagi (yengil) avtomobillarning orqa oynasiga çiy parda va darparda örnatişga ruxsat berilgan. Ammo orqa yon oynalarga (tuşunarli bölişi uçun qisqa qilib «orqa eşik» deymiz) parda örnatişga-çi, ruxsat yoki taqiq bormi? Yöl patrul xizmati xodimlarining orqa eşikka parda örnatilgani uçun (parda kötarilmasa ham) jarimaga tortişi qançalar asosli?

Jazo belgilanganmi?

Avvalo orqa eşikka parda örnatganlik uçun qanday jazo borligini körib çiqiş kerak. Boisi, har qanday taqiq ham jazo mavjudligini anglatmaydi. Misol uçun, 2011 yilda jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste'mol qilişga yöl qöyilmasligi belgilansa-da, mazkur qilmiş uçun jarima 2015 yil 29 dekabrda joriy qilindi. Bu esa amalda 4 yil davomida javobgarliksiz jamoat joylarida tamaki iste'mol qiliş mumkin bölganligini körsatadi.

Xöş, orqa eşikka parda örnatgan haydovçilarni qanday jazo kutib turibdi? Amaliyotda bu kabi holat Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 126-moddasi bilan javobgarlikka asos bölmoqda.

Ammo biz uşbu qarorga qöşilmaymiz! Fikrimizça, orqa eşikka parda örnatganlik uçun qonunçilikda jazo belgilanmagan.

E'tibor bering, MJtK 126-moddasida qayd etilişiça:

«Texnik reglamentga muvofiq bölmagan közgusimon va (yoki) tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi şuningdek haydovçining örnidan tevarak-atrofni körişni çeklaydigan qöşimça narsalar örnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalaniş, bundan oynalar tusini özgartiriş (qoraytiriş) uçun tegişli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, eng kam iş haqining yigirma beş baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi».