Kun.uz manbasiga köra, yonğin 11 aprel kuni soat 10:00 larda muzeyning ikkinçi qavatidagi ekspozitsiya zalida sodir bölgan. Yonğin jamoatçilikdan sir tutilgan.
Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan Farğona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi rahbari Xayrullo Zokirov muzeyda yonğin sodir bölganini tasdiqladi. Mas’ulning aytişiça, 1985 yilda qurib foydalanişga topşirilgan muzey binosida yonğin eskirgan elektr simlarining qisqa tutaşuvi ortidan kelib çiqqan.


Yonğinda faqat 1 dona vitrina yonib, miltiq qöndoği va naqşli eşik butkul yonib ketgan. Vitrina va muzeyning yongan qismi esa ta’mirlangan. Rassom Gavrilov tomonidan 1938 yilda çizilgan, 1916 yil qözğoloni aks etgan san’at asari qisman zararlangan.

Muzey rahbari holat viloyat badiiy ekspertizasi xodimlari tomonidan örganilayotgani sababli içkariga kirişga ruxsat bermadi. Uning qöşimça qilişiça, ayni paytda yetkazilgan moddiy zarar miqdori örganilyapti.
Avvalroq Farğona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida saqlanayotgan umumiy bahosi 2,5 mlrd sömlik 70 ta noyob eksponat qalbakilaştirilgani ma’lum bölgandi. Şuningdek, muzeyni kapital ta’mirlaş uçun budjetdan ajratilgan 3,1 mlrd söm mablağning 1,4 mlrd sömi mansabdor şaxslar tomonidan talon-toroj qilingani aniqlangan edi.












