Bu yilgi iyul, aftidan, rekord darajadagi eng issiq oy böladi. Jahon meteorologiya taşkiloti (JMT) va Yevropa Yerni masofadan turib zondlaş dasturi - Copernicus’ning 27 iyul, payşanba kuni ma’lum qilişiça, joriy oyning dastlabki uç haftasida örtaça global harorat köplab mintaqalarda jazirama tölqinlar tufayli ötgan yillardagi haroratdan sezilarli darajada oşib ketgan.
Copernicus direktori Karlo Buontempoga köra, joriy yilning iyul oyidagi havo harorati 1940-yillardan beri qayd etilgan ob-havo ma’lumotlaridan keskin farq qiladi. Olingan ma’lumotlar şuni körsatadiki, hozirgi harorat «oxirgi ming yillik tarixda qayd etilmagan va hatto sönggi yuz ming yil içida ham kuzatilmagan», dedi u.
Oxirgi haftalarda, ayniqsa, Örta Yer dengizi mintaqasida, Amerika Qöşma Ştatlari janubida va Xitoyning ayrim hududlarida jazirama harorat kuzatildi. Gretsiya va Jazoirdagi 40 daraja issiq örmon yonğinlariga sabab böldi. Mutaxassislar fikriça, bunday issiqlik inson omili tufayli kelib çiqqan iqlim özgarişi oqibatida hisoblanadi.
BMT boş kotibi Antoniu Guterriş «global isiş davri tugadi, global qaynaş davri keldi», dedi. U jahon hamjamiyatini falokatga yöl qöymaslik uçun iqlim özgarişiga qarşi tezkor va radikal çoralar körişga çaqirdi.












