Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlanganlar ehtiyojmand aholi toifasiga kiritiladi
Prezident imzolagan qonun bilan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Endilikda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifasiga kiritiladi hamda mahalliy mehnat organlariga murojaat qilayotgan fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab etilishining oldi olinadi.
Davlat rahbari “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qonunga ish qidirayotgan shaxslarning mehnat organlariga ortiqcha hujjatlar taqdim etishiga yo‘l qo‘yilmasligini, bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiyalar taqdim etish mexanizmi takomillashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, ish beruvchilar tomonidan mahalliy mehnat organlariga bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, xodimlarning ishdan bo‘lg‘usi ozod etilishi haqidagi axborotni har oyda elektron tarzda taqdim etish shartlari belgilanyapti.
Qonun bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining nomlanishi aniqlashtirilyapti. Bundan tashqari, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifasiga kiritilmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirishi belgilangan.
Mavzuga oid
20:22 / 03.02.2026
Samarqandda 4 erkak non olib kelish uchun do‘konga ketayotgan 14 yoshli qizni o‘g‘irlab ketdi
17:16 / 24.01.2026
O‘zbekistonda pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo belgilanishi kutilmoqda
19:00 / 23.01.2026
Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellektni tartibga soluvchi qonunni amalga kiritdi
09:12 / 21.01.2026