Sönggi haftalarda Çorvoq suv ombori sohilida yangi Sea Breeze Uzbekistan kurort majmuasi qurilişi haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bölmoqda.

Loyiha haqida qisqaça

Bunday reja ötgan yil dekabrida, ozarboyjonlik tadbirkor Emin Agalarov loyihani Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga taqdim etganida ma’lum bölgandi.

Loyihaga köra, unda dam oliş, çömiliş va sport maskanlari, mehmonxonalar, kottejlar, turar joylar böladi. Xalqaro brendlarning dökonlari, restoran va xizmat şoxobçalari oçiladi. Turli festivallar, konsertlar va boşqa madaniy tadbirlar ötkaziladi.

Ikki qirğoq örtasida köprik qurilib, keluvçilarga qulaylik oşirilişi, kelajakda öziga xos turizm habiga aylanib, unda yil davomida dam oliş va yaşaş mumkin bölişi közda tutilgan.

Şavkat Mirziyoyev 2025 yil aprel oyida sayyohlik oromgohining boş rejasi bilan tanişgandi. Davlat rahbari bu loyiha barça sayyohlarga qulay bölişi lozimligini ta’kidlab, majmuani zarur infratuzilma bilan ta’minlaş böyiça körsatmalar berdi.

Loyiha Çorvoqning 577 gektar yer maydonini egallaşi közda tutilgan. Dastlabki bosqiçda 100 gektar hudud qamrab olinadi.

Bu hududda mehmonxona binolari, turar joylar, dam oliş va köngiloçar infratuzilmadan iborat kiçik şaharça quriş rejalaştirilgan.

Faollar va blogerlar nima deydi?

Toşkent şahri va atrofdagi hududlar uçun asosiy çuçuk suv manbayi hisoblangan manba – Çorvoq suv ombori böylarida xalqaro turizm markazi qurişni közda tutuvçi Sea Breeze Uzbekistan loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda katta norozilikka sabab böldi.