Markaziy Osiyoga uyuştirgan turnesi davomida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibining Markaziy Osiyo masalalari böyiça maxsus vakili Natalya German 14 oktabr oqşomda Toşkentga taşrif buyurdi. U Kun.uz muxbiri bilan suhbatda rasmiy Toşkent jahon arenasida erişgan siyosiy ğalabaga töxtalib ötdi.
«Avvalo men prezident Şavkat Mirziyoyev va butun Özbekiston xalqini tarixiy voqea bilan tabriklayman. 13 oktyabrda 169ta davlat qöllab-quvvatlovi bilan Özbekiston BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşi a'zosiga aylandi. Özbekiston BMTning bu muhim mexanizmida 2021 yilning yanvar oyidan boşlab, keyingi 3 yil mobaynida faoliyat yuritadi.
Ayni vaqtda, men Özbekistonning uşbu muhim marragaça bosib kelgan maqsadli va jiddiy yöliga biroz töxtalmoqçiman. Buni 2017 yildan boşlaşni xohlardim, çunki aynan öşa yili hukumat tomonidan 5 yil davomida mamlakatni barça jabhasini rivojlantiriş töğrisida 5 bosqiçli strategiya qabul qilingan edi. Albatta, janob prezident tomonidan strategik hujjatda ta'kidlangan jabhalardan biri — Özbekistondagi asosiy inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qiliş va rivojlantiriş borasidagi qilinadigan katta işlar.
2018 yilda biz butun jahon inson huquqlari deklaratsiyasining 70 yilligini nişonladik. Özbekistonda uşbu hujjat yubileyini jamiyat rivojlanişida munosib ravişda nişonlaş munosabati bilan milliy harakat va tadbirlar dasturi qabul qilindi. 2018 yil noyabr oyida Samarqand şahrida ötkazilgan inson huquqlari böyiça birinçi Osiyo forumida iştirok etganligim meni juda quvontirdi. Yodingizda bölsa, biz öşanda asosan janob prezidentning sa'y-harakatlari natijasida yuzaga kelgan Samarqandning mintaqadagi yangi hamkorlik darajasini ifoda etuvçi şukuhi haqida gapirgan edik. Uşbu sa'y-harakatlar xalqaro hamjamiyat, ayniqsa BMT tomonidan töliq va munosib ravişda qöllab quvvatlanişiga işonçim komil.

Özbekiston öz zimmasiga olgan barça majburiyatlarni bajarişni davom ettirmoqda va 2017 yilda işlab çiqarilgan hujjat böyiça prezident tomonidan amalga oşirilgan sa'y-harakatlar 13 oktyabrda mevasini berdi. BMT boş kotibining Markaziy Osiyo mintaqasidagi inson huquqlari böyiça maxsus vakili sifatida aytamanki, men uçun bu holat Özbekistonning öz istagi bilan zimmasiga olgan vazifalarni jiddiy va qat'iyat bilan bajarayotgani isbotidir. Özbekiston BMTning inson huquqlari böyiça kengaşiga a'zo bölişi bilan inson huquqlari mavzusining butun kriteriyalarini özining köp sonli aholisi orasida eng yuqori darajaga çiqariş va mustahkamlaş vazifa va majburiyatlarini yana bir bor öz zimmasiga oldi. Şuningdek Özbekiston uşbu yönalişdagi mintaqalararo va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş va bu borada kömakka muhtoj mamlakatlarga yordam beriş vazifalarini ham öz zimmasiga oldi. Bu voqea butun Markaziy Osiyo mintaqasi uçun ulkan qadam böldi, deb hisoblayman.











