Qöştepa kanali qurilişining ikkinçi bosqiçi 58 foizga yakunlangan. Bu haqda «Qöştepa kanalini rivojlantiriş» milliy kompaniyasi vakili Said Zabihulla Miri ma’lum qildi.

Ta’kidlanişiça, ayni paytda qurilişga 3,5 ming kişi va 3 ming texnika jalb qilingan. Kanalni 5 yildan keyin işga tuşuriş rejalaştirilgan.

Qöştepa kanali haqida

«Tolibon» hukumati 2022 yil mart oyidan boşlab Balx viloyatida ulkan Qöştepa kanalini qurişni boşladi. Yangi kanalning uzunligi 285 km, eni 100 metr, çuqurligi 8,5 metr bölişi közda tutilgan.

Qayd etilişiça, kanal qurilişidan maqsad – Balx, Jauzjon va Faryob viloyatlaridagi 3 million jyerib (1 jyerib – 2000 kvadrat metr) yerni suğoriş va 250 mingga yaqin aholini iş bilan ta’minlaş hisoblanadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, agar Qöştepa kanali loyihasi Afğoniston hukumati tomonidan yakunlanib, foydalanişga topşirilsa, Özbekistonga keladigan suv hajmi 15 foiz atrofida kamayişi bilan boğliq xavf mavjud. Bu esa Xorazm, Buxoro, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi, şuningdek Turkmaniston uçun jiddiy oqibatlar yaratadi.