Foto: Nemolchi.uz

Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti 3-kurs talabasi Muştariybonu Komilova Nemolchi.uz loyihasiga murojaat qilib, joriy yilning 18 oktabr kuni u Zulfiya mukofotiga tavsiyanoma oliş maqsadida yoşlar işlari böyiça dekan örinbosari B.Yu.ning xonasiga kirganida mansabdor şaxs unga nisbatan şilqimlik qilganini ma’lum qilgan.

Nemolchi.uz jabrlanuvçining tilidan voqea tafsilotlarini keltirib ötgan. Qayd etilişiça, talaba qiz dekan örinbosari böşaşini kutib turgan. Xonadan hamma çiqib ketgaç, mansabdor şaxs çarçaganini aytib, qizdan qahva damlab berişni söragan. Qiz qahva damlaşga çoğlangan paytda erkak eşikni içkaridan qulflab, çiroqni öçiradi. Muştariybonu nimanidir sezganday yaqin döstiga qönğiroq qilib, tezroq yetib kelişni söragan.

Foto: Nemolchi.uz

“Qiz xonadan çiqmoqçi bölganda erkak uni uşlab olib, xonasidagi divanga yotqizmoqçi böladi. Qiz bunga qarşilik körsatadi. Bu orada qizning dösti yetib kelib, eşikni oçişni söraydi.

Muştariybonu amallab deraza oldiga kelib, yordamga çaqiradi. Şunda qizning aytişiça, erkak uni derazadan itara boşlaydi. Qarşilik körsatişiga qaramay erkakka kuçi yetmaydi va pastga tuşib ketadi. Dekan örinbosari esa derazani yopib, jalyuzini tuşiradi va eşikni oçadi.

Qizning dösti B.Yu.ni olib pastga tuşadi. Dekan örinbosari atrofda yiğilganlarga qiz oynadan özi sakraganini aytib, uni özi şifoxonaga olib borişini ta’kidlaydi. Yölda mansabdor şaxs qizning onasiga qönğiroq qilib, Muştariybonu oynadan tuşib ketgani, uni şifoxonaga olib borayotganini aytadi.

Yöl-yölakay B.Yu. qizga voqea qanday röy berganini söraganlarga oyna artayotib yiqilib tuşganini aytişini tayinlaydi. Şu payt maşinaning orqa örindiğida kelayotgan qizning dösti nima gapligini söraydi. Muştariybonu özining derazadan itarib yuborilganini aytadi”, deb yozgan Nemolchi.uz.

Muştariybonuga tos suyagi sinişi, gematomalar va miya çayqalişi kabi taşxislar qöyilgan. Naşrga qizning yaqinlari dekan örinbosari nomidan kelgan odamlar ularga öz körsatmalarini özgartirişlari uçun pul taklif qilişganini aytişgan. Muştariybonu öqigan fakultet talabalari töliq onlayn ta’limga ötkazilgan, biroq uşbu qarorning sababi oçiqlanmagan.