Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Amir Temur ham bunday sharoitda yashamagan». Prezident sobiq amaldorlarni katta o‘g‘irliklarda aybladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ulug‘nor tumanida Andijon viloyati faollari ishtirokida davom etayotgan videoselektor yig‘ilishida sobiq Bosh prokuror haqida mulohazalarini gapirib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
“Mana, Bosh prokuror (sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov nazarda tutilmoqda - tahr.) butun boshli jamoasi bilan qamoqda yotibdi. Million-million dollar topshirib yotibdi. Ikki-uch oy ichida televideniye orqali o‘zini gapirtiraman. Negaki, korrupsiyalashtirib yuborgandi, har bir tuman prokuroridan 30-40 ming dollar olgan. Hammasini qaytarib beryapti. Bitta noinsof o‘g‘li milliarder! Va boshqa tashkilot rahbarlari ham, MXXning sobiq besh nafar muovini ham qamalib yotibdi. Hammasi o‘g‘ri, qip-qizil o‘g‘ri. Qanday og‘ir bo‘lmasin, men baribir hammasini joyiga qo‘yaman.
Hammasi borib, Boltiqbo‘yida uy qurib olgan. Suratlarini ko‘rsangiz, kechirasiz, Amir Temur bobomiz shuncha millatning rahbari bo‘lib ham, unday joylarda yashamagan. Amirlikning shayxlari ham bunaqa joyda yashamaydi. Kimning puli bular - xalqniki. Qodirov kim o‘zi? Qip-qizil o‘g‘ri odam bo‘lgan. Shuning uchun, prokuraturada 70 foiz odam almashdi, halol odamlarni qo‘ydim. Kim xiyonat qilsa, shunday yo‘ldan boradi.
Hammani kechiraman, faqat o‘g‘irlik qilmay, xiyonat qilmasa, u mening do‘stim bo‘ladi. Ana shuni xalqim bilishi kerak”, dedi Prezident.
Mavzuga oid
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko‘riladi
16:21 / 24.04.2026
Prezident qator hokimlarni tanqid qildi
17:40 / 27.01.2026