2021 yil 20 yanvar kuni Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasida sodir bölgan favqulodda vaziyat töğrisida stansiya boşqaruv kompaniyasi Kun.uz’ga ma'lumot taqdim etdi.
“2021 yil 20 yanvar kuni soat 11:30 da «Energoqozontozalaş» mas'uliyati çeklangan jamiyati xodimlari tomonidan Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasi 5-qozon agregatining 12,0 metrlik belgisida kulni kimyoviy tozalaş paytida, kömir-kukun aralaşmasining çaqnaşi yuzaga keldi, natijada uç kişi halok böldi, yana uç kişi turli darajada kuyiş jarohati olgan. Uşbu 5-qozon agregati vaqtinça töxtatilgan va u kimyoviy tozalanayotgan paytda qozon tozalovçilarning texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etmaganligi ana şunday ayançli oqibatlarga olib keldi.
Uşbu turdagi profilaktika işlari kömir yoqiladigan barça elektr stansiyalari va qattiq yoqilği peçlari örnatilgan oğir sanoat korxonalarining töxtatilgan uskunalarida yonğinlarning oldini oliş maqsadida amalga oşiriladi va bu vazifani korxonaning özi yoki şartnoma asosida ixtisoslaşgan pudrat taşkilotlari bajaradi.
Çaqnaş oqibatida vafot etganlar «Vostokenergoteploizolyatsiya» MÇJning işçilari bölib, uşbu korxona issiqlik izolyatsiyasi va astar işlarini bajariş böyiça pudratçi ixtisoslaşgan kompaniya, xodimlari qozon qoplamasidagi nuqsonlarni bartaraf etiş böyiça mutaxassislar hisoblanadi. Kuyiş jarohati olganlar “Energoqozontozalaş” MÇJ qozon tozalovçilaridir.
20 yanvar kuni ikki tomonlama şartnoma asosida işlayotgan qozon tozalovçilarga qozon-turbina sexining 30-sonli farmoyişi bilan xavfsizlik çoralari körilgan holda soat 9:30da töxtatilgan qozon agregatining 12,0 metrlik belgisida profilaktika işlari olib borişga ruxsat berilgan.
«Vostokenergoteploizolyatsiya» MÇJ işçilari ham qozon-turbina sexining 31-sonli farmoyişi bilan soat 10:30da qozon agregatining 48,0 metrlik belgisida profilaktika işlari olib borişga kirişgan. Taassufki, texnika xavfsizligi qoidalarining qöpol ravişda buzilişi oqibatida «Vostokenergoteploizolyatsiya» MÇJning uç xodimi halok böldi, “Energoqozontozalaş” MÇJning turli darajada kuyiş jarohati olgan uç nafar xodimiga birinçi tibbiy yordam körsatilib, ular eng yaqin bölgan şahar markaziy kasalxonasiga yetkazildi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan bölib, Angren şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Uning natijalari haqida qöşimça ma'lumotlar taqdim etiladi. Şu munosabat bilan fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlarda yolğon ma'lumotlar tarqatmasliklari söraladi.












