Joriy yilning 20 yanvar kuni Toşkent viloyatida joylaşgan Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining profilaktika çoralarini köriş uçun töxtatilgan 5-energiya blokida portlaş sodir bölgan edi.

Yonğin oqibatida 3 nafar işçi voqea joyida vafot etdi, yana 3 nafari turli darajadagi kuyiş tan jarohatlari bilan şifoxonaga murojaat qildi.

Boş prokuraturaning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, mazkur holat yuzasidan Angren şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilib, Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

“Tergov harakatlari olib borilmoqda,” – deyiladi prokuratura xabarida.

Şuningdek, keça Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham voqea joyida vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş işlarini olib borayotgani va portlaşning kelib çiqiş sabablari böyiça suriştiruv işlari boşlanganini ma'lum qilgan.

Ma'lum qilinişiça, hodisa natijasida Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining infratuzilmasi va texnologik uskunalariga şikast yetmagan.

Şuningdek, Energetika vazirligi Yangi-Angren IESda yuz bergan portlaş oqibatida vafot etganlar hamda jarohat olganlarning oila a'zolariga moddiy va ma'naviy yordam körsatilganini ma'lum qildi.