Yangi-Angren IES vafot etganlarning oila a'zolariga 105 million sömdan moddiy yordam körsatdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan ma'lumotda aytiladi.

Joriy yilning 20 yanvar kuni Yangi-Angren IES qozon agregatida kömir-kukuni havo aralaşmasining portlaşi natijasida “Vostokenergoteploizolyatsiya” AJning 3 nafar xodimi olingan jarohatlar natijasida vafot etdi.

Ularning oila a'zolariga dafn marosimini ötkaziş uçun 20-21 yanvar kunlari 4 million 866 ming sömdan birinçi moddiy yordam körsatilgan.

“Şuningdek, 22 yanvar kuni Yangi-Angren IES tomonidan vafot etganlarning oila a'zolariga qöşimça ravişda 105 million sömdan moddiy yordam körsatildi”, - deyiladi Energetika vazirligi xabarida.

Bundan oldin, prokuratura Yangi-Angren IESdagi portlaş yuzasidan jinoyat işi oçgani ma'lum qilingandi.