Qayd etilişiça, bugun Yangi-Angren IESda heç qanday yonğin, avariyaviy öçiş yoki boşqa favqulodda holatlar yuz bermagan va barça energiya uskunalar soz holatda işlamoqda.
«Videolavha Yangi-Angren IES qozonxonalarida kömir kulidan tozalaş işlari amalga oşirilayotganda yoki odatiy texnologik jarayon amalga oşirilayotgan paytda olingan bölişi mumkin.
Hozirgi kunda mazkur issiqlik elektr stansiyasidagi energiya bloklar dispetçer tomonidan berilgan rejimga asosan va soz holatda işlamoqda. Favqulodda holat mavjud emas.
Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan yolğon xabarlarni tarqatmaslik va tasdiqlanmagan xabarlarga işonmaslikni sörab qoladi», deyiladi vazirlik matbuot xizmati munosabatida.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 20 yanvar kuni Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining profilaktika çoralarini köriş uçun töxtatilgan 5-energiya blokida çang-kömirli havo aralaşmasining portlaşi sodir bölgandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, rejali xizmat körsatiş paytida sodir bölgan hodisa natijasida uç kişi olingan jarohat sababli vafot etgan, yana uç kişi turli darajada kuyiş tan jarohatini olgan.











