Ukrainaning Toşkentdagi elçixonasi uruşni qöllab-quvvatlovçi rossiyalik san’atkorlarning çiqişlari Özbekiston obrösiga tahdid soladi hamda rossiyalik qöşiqçilar işlagan mablağlar Ukraina xalqining genotsidini moliyalaştiriş uçun işlatilişi mumkin deb hisoblaydi. Elçixona bu orqali Özbekiston madaniyat va turizm vaziri örinbosari Bahodir Ahmedovning Kun.uz naşriga intervyusida rossiyalik xonandalarning Özbekistondagi konsertlari taqiqlanmasligi haqida aytgan sözlariga munosabat bildirdi.
«Şu munosabat bilan elçixona uruşni qöllab-quvvatlovçi rossiyalik san’atkorlarning Özbekistondagi çiqişlari ularning Özbekiston Respublikasi obrösiga tahdid soladigan, uruşni qözğatişga qaratilgan jinoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaşning soxta körinişini yaratişi mumkinligiga e’tibor qaratadi. Bundan taşqari, rossiyalik ijroçilar tomonidan olingan mablağlar ular tomonidan uruş, terrorizm va Ukraina xalqining genotsidini moliyalaştiriş uçun işlatilişi mumkin», — deyiladi Ukrainaning Özbekistondagi elçixonasi bayonotida.
Şuningdek, elçixona uşbu masala böyiça Özbekiston vakolatli organlariga tegişli murojaat yuborilganini ta’kidlab, Z-artistlarning konsertlariga qarşi çiqayotgan özbek jamoatçiligiga öz minnatdorçiligini bildirgan.
Grigoriy Leps şu yil 23 oktyabrda Özbekistonda konsert berişni rejalaştirgan. Uşbu tadbirga özbekistonlik köplab faollar qarşilik bildirayotganiga qaramay, hozirça tadbir bekor qilingani yöq.

3 iyul kuni Özbekiston Madaniyat va turizm vaziri örinbosari Bahodir Ahmedov Kun.uz muxbirining konsert dasturini bekor qiliş haqidagi savoliga javoban «Özbekistonda san’atga tösiq yöqligi»ni aytdi.














