Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektorda standartlaştiriş va sertifikatlaştiriş tizimidagi eskirgan talablar va byurokratiya tadbirkorlarning «qölini boğlayotgani», sohada korrupsiyani keltirib çiqarayotgani körsatib ötildi.
25 mingdan ortiq standart, 41 ta texnik reglament xalqaro bozor talablariga mos kelmaydi. Hozirda 13 mingga yaqin turdagi tovarning 6,5 mingi majburiy sertifikatlanadi, bu esa tannarxni oşiradi.
«Vazirlar, hokimlar qaçon tadbirkorlarni eşitib, qaysi standartni yangilaş, qaysi birini bekor qiliş, nima mahsulotni majburiy sertifikatsiya röyxatidan çiqarişni öylab kördi? Afsuski, bunga ijobiy javob yöq», - deya qat’iy e’tiroz bildirdi prezident.
Xususan, investorlar mamlakatdagi köp laboratoriyalar talabga javob bermasligi, rivojlangan davlatlar standartlari esa tan olinmayotganini aytmoqda.
Hozirgi tizimda sertifikatlaş organlari bir paytning özida bozor nazoratini ham olib borayotgani, bu esa manfaatlar töqnaşuviga olib kelayotgani qayd etildi.
Prezident sertifikatlaştiriş tizimidagi ayrim muammolarni sanab, ularning yeçimlarini aytdi.
Sut va göşt mahsulotlari işlab çiqaruvçi korxonalar öz mahsulotiga Sanepidqöm xulosasini oliş tizimidan norozi ekani ta’kidlandi.
Masalan, yiliga 100 million dollarlik bolalar ozuqasi import bölmoqda. Lekin zamonaviy uskuna keltirib, zavod qurgan tadbirkor Sanepidqöm xulosasi yöqligi uçun işlab çiqarişni boşlay olmayapti. Xulosa beriş uçun esa standart yöq.
Qömita rahbariyati «bu mahsulotga bizda standart yöq», deb kutib ötirmasdan, özi taşabbus qilib, tadbirkor bilan birga standart işlab çiqmayotgani tanqid qilindi.
Ayrim tuman sanepidxizmatlari haligaça tadbirkordan bitta mahsulotning har xil qadoqlangan partiyasini alohida sinovdan ötkazişni talab qilmoqda. Bu qöşimça vaqt, qöşimça xarajat talab qiladi.
Bir vaqtda tayyorlangan mahsulotning har xil hajmda qadoqlanişi sifatga naqadar aloqador ekani savol uyğotadi.
Şuningdek, mineral suv işlab çiqaruvçilar 45 ta körsatkiç böyiça xulosa olişi kerak. Tadbirkorlar şuning 43 tasi uçun Sanepidqöm tizimidagi laboratoriyalarga, qolgan 2 tasi böyiça boşqa laboratoriyaga bormoqda.
Qömitaga hamma tekşiruvni bitta joyda taşkil qiliş topşirildi.














