O‘zbekiston | 13:59 / 18.03.2020
12520
1 daqiqa o‘qiladi

EPSILON (EDC): Bahoriston konidagi yangi qidiruv-izlov qudug‘idan gazning sanoat miqyosidagi oqimi olindi

Foto: EPSILON

Bahoriston koni 2019 yilning avgustida Muborak investitsiya bloki hududida ochilgan edi. 

Bahoriston-2 qidiruv-izlov qudug‘ining 2500 m chuqurligida olib borilgan burg‘ulash ishlari ortidan esa quduqdan ilk bor gaz oqimi olindi.

Ayni paytda EDC hamda «Schlumberger» xalqaro kompaniyasi mutaxassislari hamkorligida quduqda geofizik tadqiqotlar va olingan ma'lumotlarni tahlil etish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, mazkur ishlar doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi institutiga (IGRNGM) kern, ya'ni qatlam jinsi namunalari tanlab olinib, o‘rganish uchun yuborildi.

Olib borilayotgan ishlar, shu jumladan, yangi konning geologik tuzilishini hamda uglevodorodlarning hisoblangan zahiralarini aniqlashtirishga qaratilgan. Bahoriston-2 konida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda, qazib chiqarish hajmini oshirishga yo‘naltirilgan maqsadli ishlar davom ettiriladi.

Epsilon Development Company (EDC) Matbuot xizmati

Mavzuga oid