Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada ikki kishi is gazidan vafot etdi
25 fevral kuni Farg‘onada ikki nafar fuqaro is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi
Foto: IIB axborot xizmati
Joriy yilning 25 fevral kuni soat 07:30larda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tuman Puchug‘oy qishlog‘idagi uylarning birida istiqomat qiluvchi 18 yoshli F.M. (qiz) o‘z uyiga o‘rnatilgan sandalning tutashi oqibatida is gazidan zaharlanib, kuyishi natijasida vafot etgan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, bundan tashqari, soat 13:00larda Farg‘ona shahar Beglar MFYda istiqomat qiluvchi 38 yoshli M.X. va birga yashovchi turmush o‘rtog‘i G.Q. yashash xonadonida is gazidan zaharlanishi natijasida M.X. hodisa joyida vafot etgan. G.Q. shifoxonaga yotqizilgan.
“Hurmatli fuqarolar! Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, sizdan xonadoningiz va boshqa binolardagi gaz anjomlarida gaz sizib chiqish holatlari bor yoki yo‘qligiga e'tiborli bo‘lishingizni, olovdan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz. Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergov tezkor guruhi hodisa joyida ishlamoqda, voqea tafsiloti yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma'lumot beriladi”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:49 / 23.01.2026
Farg‘ona vodiysidagi kuchli qor sabab bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
16:25 / 17.01.2026