O‘zbekiston | 11:03 / 03.05.2024
3405
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorijiy investorlar kengashi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi

Tadbirda yetakchi kompaniya va banklar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar vakillari ishtirok etadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun Ko‘ksaroy qarorgohida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirda yetakchi kompaniya va banklar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar vakillari ishtirok etadi.

Majlis doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev qator kompaniyalar rahbarlarini qabul qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid