Kun.uz manbasi ma'lumotiga köra, u boş vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimini egallaydi.

Şuhrat Ğaniyev hozirgaça Özbekistondagi eng uzoq vaqt davomida bir viloyatda hokim bölib turgan rahbar hisoblanardi - u Farğona viloyatini 2011 yildan buyon boşqarib kelayotgandi.

Farğona viloyatiga ham yangi hokim tayinlanişi kutilmoqda. Manbalarning ma'lumotiga köra, bu lavozimga 2015 yildan buyon Namangan viloyatiga rahbarlik qilib kelgan Xayrulla Bozorov tayinlanadi. 

Öz navbatida, 2017-2020 yillarda Namangan şahriga hokimlik qilgan, ayni vaqtda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi lavozimida işlayotgan Şavkat Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi lavozimini egallaşi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, 2020 yilning fevralidan buyon boş vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlagan Öktam Barnoyev sentabr oyida koronavirus oqibatlaridan vafot etdi.