23 iyun kuni keçqurun Derbentda Lenin köçasida joylaşgan Bibi Maryam pravoslav çerkoviga hujum amalga oşirildi. Bu haqda birinçilardan bölib xabar bergan Baza telegram-kanali guvohlarga asoslanib yozişiça, ibodatxona hududida öq ovozlari eşitilgan va tutun kötarilgan, Derbent politsiyasi butun tarkibda trevoga böyiça çaqirilgan.

RF Içki işlar vazirligining Doğiston böyiça boşqarmasi taxminan soat 18:00 da Derbentda avtomatik qurollar bilan pravoslav ibodatxonada, şuningdek mahalliy sinagog binosi hududida öt oçilgani haqida xabar bergan. Jinoyatçilar oq rangli, Volkswagen Polo rusumli avtomobilga minib, voqea joyidan yaşiringan. Telegram-kanallarda politsiyaçilar avtomobili öqqa tutilgani, şuningdek sinagog binosi olov içida qolgani aks etgan videolar tarqaldi.

Derbentdagi hujum bilan deyarli bir vaqtda Doğiston poytaxti Mahaçqal’a şahrining Yermoşkin köçasida joylaşgan sinagogda ham yonğin boşlangani ma’lum böldi. Voqea joyida olingan videoda sinagogning uçinçi qavati derazasidan atrofga tutun tarqalayotgani aks etgan.

Doğiston IIV ham jangarilar Derbent bilan parallel ravişda region poytaxtiga hujum uyuştirganini tasdiqladi: «Mahaçqal’ada noma’lum şaxslar Yermoşkin köçasida yöl-patrul xizmati postini öqqa tutdi». Mahaçqalada ham, xuddi Derbentda bölgani kabi, «Perexvat» rejasi e’lon qilingan. Mahaçqalada olingan videolardan birida qora kiyimdagi jangarilar atrofdan ötayotgan politsiya avtomobilini avtomatdan öqqa tutayotganini köriş mumkin.

Respublika muftiysi bergan ma’lumotga köra, hujum qilganlar bilan otişmalar vaqtida 9 kişi halok bölgan, şundan 7 nafari politsiyaçilar. Kamida 25 kişi yaralangan. Baza esa Derbentda «sinagog xizmatçilari» halok bölganini xabar qilgan.

Doğiston Jamoatçilik nazorati komissiyasi raisi Şamil Xadulayev öz telegram-kanalida unga kelib tuşgan ma’lumotga köra, «Derbentdagi çerkovda Nikolay otani (gap protoiyerey Nikolay Kotelnikov haqida bormoqda) böğizlab öldirişgani» haqida yozgan: «U 66 yoşda edi, xasta edi. Mahaçqal’a-1 çerkovi qöriqçisi, faqat gazli töpponça bilan qurollangan Mixail otib taşlangan». Ruhoniyning ölimi töğrisidagi ma’lumotni Milliy aksilterror qömitada ham tasdiqlaşgan. IIV ma’lumotiga köra, jangarilarning harakatlari tufayli kamida 16 kişi jabrlangan.