Xitoylik olimlar vodorod asosidagi portlovçi qurilma ta’sirini sinovdan ötkazdi. Tadqiqotda körsatilişiça, ular yadroviy materiallardan foydalanmagan holda portlaşni amalga oşirgan. South China Morning Post’ning yozişiça, qurilma Xitoy davlat kemasozlik korporatsiyasining suvosti qurollarini ham işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi Ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan işlab çiqilgan.

Bombada magniy gidriddan foydalanilgan. Kimyoviy modda vodorodni saqlaş şakllaridan biri bölib, element konsentratsiyasi 7 foizdan oşadi. Oddiy portlovçi modda işga tuşganda magniy gidrid tez termal parçalanib, vodorod gazini ajratadi. U esa alangalanib, uzoq davom etadigan yonğinni hosil qiladi.

Olimlar oğirligi 2 kilogrammga yetadigan bombani sinovdan ötkazgan. Portlaşdan keyin ikki soniyadan köproq vaqt davomida harorati Tselsiy böyiça 1000 darajadan oşadigan olovli şar paydo bölgan. Tadqiqotda qayd etilişiça, şunça miqdordagi trotil ekvivalenti 15 barobar kamroq vaqt davomida «mavjud böladigan» olovli şarni hosil qilgan bölardi.

Qurilma yaratuvçilarining ta’kidlaşiça, mazkur bombaning portlaş intensivligini aniq nazorat qiliş mumkin. Bu esa katta hududdagi nişonlarni bir tekisda yakson qiliş imkonini beradi.

Avvalroq Xitoy uzluksiz 30 soatgaça parvoz qilişga qodir dronni taqdim etgandi. Vodorod yonilğisida harakatlanadigan uşbu uçuvçisiz uçiş apparatining oğirligi 50 kilogrammga yetadi.