12 dekabrdan boşlab vakillik organlari deputatligiga saylovlarda muddatidan oldin ovoz beriş jarayonlari nafaqat Özbekiston, balki xorijda ham davom etmoqda.
Bugun, 15 dekabr kuni Janubiy Koreyaning Tegu, Ansan va Kime şaharlarida sayyor saylovlar taşkil etildi.
Kun.uz'ning Janubiy Koreyadagi muxbiri Eldor Vohidov Kime şahridagi 55-saylov uçastkasida bölib, jarayonni kuzatiş bilan birga şu şahardagi «özbek mahalla» hayoti bilan ham tanişdi.
Şuningdek, muxbirimiz saylovçilarning yangi saylanadigan deputatlardan qanday taşabbuslar kutayotgani bilan qiziqdi.
«Matiz maşinasini Koreyada 400 dollarga sotib olsa böladi, Özbekistonda esa buning uçun 3000 dollar kerak. Lekin oylik maoş örtasida tafovut katta. Mahsulotlar narxi oşişiga mutanosib ravişda oylik maoşni ham kötariş kerak, deb öylayman», – deydi saylovçilardan biri.

«Ta'lim sohasida Koreya ança ildamlab ketganligi sir emas. Akademik jamiyat bu yurtlarda yaxşi rivojlangan. Bölajak deputatlarga taklif sifatida şuni aytmoqçimanki, Özbekistonda ilm ahlini qöllab-quvvatlaşga alohida e'tibor qaratiş va ta'lim muassasalarining özaro raqobatini kuçaytirişga oid qonun loyihalarni işlab çiqiş foydali bölgan bölar edi», – deydi ovoz beriş uçun kelgan boşqa bir fuqaro.
Köçma saylov uçastkalarining taşkil etilişi Koreya Respublikasining janubiy hududlarida istiqomat qilayotgan Özbekiston fuqarolari tomonidan ijobiy baholandi. 250ga yaqin saylovçi öz huquqidan foydalanib ovoz bergan bölsa, saylov jarayoniga beparvo munosabatda bölib, unda qatnaşmagan vatandoşlar ham uçrab turdi.

Uşbu mamlakatda tadbirkorlik bilan şuğullanayotgan özbeklar tomonidan saylovçilarga ehson oşlari tarqatildi.
Ma'lumot uçun, Janubiy Koreyada yaşayotgan saylovçilar 22 dekabr, yakşanba kuni ovoz beriş uçun Özbekistonning Seuldagi elçixonasi va Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangjudagi vakolatxonasiga borişlari mumkin.


















