Törtta harf özgardi, «ng»dan voz keçildi - Özbek alifbosini isloh qiliş böyiça yakuniy xulosa
|22:20 / 21.05.2019179 64725 min
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti huzurida iş olib borgan lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini isloh qiliş böyiça işçi guruhning xulosalari Kun.uz tahririyatiga taqdim etildi.
2018 yil 15 mayda Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatçisi Xayriddin Sultonov tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini keng joriy etiş va yanada takomillaştiriş böyiça Harakatlar rejasi» tasdiqlandi. Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev huzurida 2018 yil 17 iyul kuni ötkazilgan majlis bayonining 28-bandida lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini tanqidiy qayta körib çiqiş va uning qöllanişini osonlaştiriş, özbek tilining öziga xos xususiyatlariga yanada moslaştiriş yuzasidan takliflar kiritiş topşirildi.
Uşbu masala naqadar dolzarb ekani va bu borada keçiktirmasdan zarur qadamlarni qöyiş şart ekani Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018 yil 13 dekabr kuni bölib ötgan ön yettinçi yalpi majlisida Senat raisi Niğmatilla Yöldoşev tomonidan ham qat’iy ta’kidlandi.
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti qoşida tuzilgan Işçi guruh a’zolari tomonidan ikki yilda töplangan takliflar asosida işlab çiqilgan bir neça alifbo loyihalarini yagona variantga keltiriş, şuningdek, yuqorida qayd etilgan topşiriqlar ijrosini ta’minlaş maqsadida respublika jamoatçiligi, mutaxassis-olimlar, blogerlar va yoşlar iştirokida 2018 yil 22 oktabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini keng joriy etiş va takomillaştiriş muammolari» deb nomlangan ilmiy-amaliy konferensiya taşkil etildi.
Konferensiyada davlat va jamoat arboblari, taniqli olimlar, ijodkorlar, turli soha vakillari qatnaşib, ona tilimizga oid muammolarni hal etiş, jumladan, alifboni isloh qiliş böyiça qizğin bahs yuritdilar. Konferensiya natijasida ilmiy takliflar birma-bir ovozga qöyilib, yagona fikrga kelindi.
IŞÇI GURUH TOMONIDAN IŞLAB ÇIQILGAN TAKLIFLAR
Alifboni takomillaştiriş zarurati
Konferensiya davomida alifbo islohoti böyiça bildirilgan xilma-xil, hatto bir-biriga zid taklif-u fikrlar orasida özaro uyğun, hamohang fikr-mulohazalar ham ajralib turdi. Jumladan, köpçilik yakdillik bilan: «Eng kamida, alifbodagi törtta muammoli harfni isloh qilişimiz şart, çunki ular tufayli öqiş-yozişga doir va boşqa texnik muammolar, çigalliklar yuzaga kelyapti»,
Mavzuga oid
deyişdi.
«Muammoli harflar» deyilganda esa, alifbomizdagi G‘, O‘ harflari va Sh, Ch harfiy birikmalari nazarda tutilayotgani bugun heç kimga sir emas. Xöş, bu harflarning muammosi nimadan iborat va ularni qanday isloh qiliş mumkin?
I. Oʻ va Gʻ harflari va ularning muammolari
Bu harflardagi maxsus belgilar unikal emas — bitta belgi har xil yozilmoqda:
Bugun hamyurtlarimiz yuqoridagi jadvalda aks etgan belgilardan töğri kelganini işlatmoqda. Eng qiziği, ular içidagi eng töğri belgi — okina (teskari vergul) belgisidan deyarli foydalanmaymiz. Juda töğri yozişga intilgan hamyurtlarimiz ham çap bir tirnoq belgisini işlatadi. Garçi bu ikki belgi özaro öxşaş bölsa-da, amaliyotda muayyan farq va ustunliklarga ega. Ya’ni, okina belgisi heşteglarda sözni bölib yubormaydi, uning bir butunligiga zarar yetkazmaydi. Bu holat quyidagi suratda aks etgan:
UNICODE saytidagi uşbu eslatma ham fikrimizga dalildir:
The combinations Gʻ (Cyrillic G‘) and Oʻ (Cyrillic O‘) are represented using U+02BB ʻ MODIFIER LETTER TURNED COMMA.
Tarjimasi: «Özbek lotin yozuvidagi Gʻ (kirillça G‘) va Oʻ (kirillça O‘) harfiy birikmalarini yozişda ʻ (U+02BB, MODIFIER LETTER TURNED COMMA) (harfni özgartiruvçi teskari vergul) belgisidan foydalaniladi».
Muammo şundaki, Oʻ va Gʻ harflarining belgisini töğri yoziş — juda qiyin masala. Masalan, kompyuterda Word dasturida bu harflarni yoziş uçun ikki murakkab usuldan foydalaniş mumkin:
1. Avval O yoki G harfini yozib, keyin bitta böş joy (probel) taşlab, Enter tugmasining çap tomonida joylaşgan apostrof tugmasi bosilsa, bizga kerakli çap bir tirnoq (teskari bir tirnoq ham deyiladi) yoziladi;
2. Alohida raqamlar paneli bor klaviaturada avval O yoki G harfini yozib, keyin Alt + 0145 tugmalari birikmasini bosiş orqali yoziladi.
Tasavvur qilyapsizmi, birgina harfni yoziş uçun naq 6ta (!) tugma bosilişi kerak; özbek tilida tarkibida Oʻ va Gʻ harflari qatnaşgan sözlarning köpligi bois yuqoridagi ikki usulda kattaroq matn yoziş juda maşaqqatli jarayon.
Bu harflarning yana köplab texnik kamçilik-qusurlari borki, zamonaviy texnologiya va elektron dastur ustalari bu borada yaxşiroq tasavvurga ega: ularni bu örinda batafsil bayon qilişimiz şart emas, deb öylaymiz.
Bu harflarning örnini olişga «da’vogar» harflarni quyidagi jadvalda körib çiqamiz.
1). Ö — 1993 yilgi lotin alifbomizda hozirgi Oʻ harfi uçun aynan şu harf işlatilgan, biroq oradan atigi ikki yil ötib, 1995 yilda bu harf Oʻ harfiy birikmasi bilan almaştirilgan. Ö harfi nemis, şved kabi Yevropa hamda turk, ozarboyjon, turkman kabi turkiy xalqlar alifbosida mavjud. Ta’kidlaş joizki, bu xalqlardan farqli ölaroq, özbek alifbosida Ü harfi bölmagani uçun Ö harfi juftlik hosil qila olmaydi.
2). Ğ — brevisli G, kengaytirilgan lotin alifbosi tarkibiga kiradi. 1993 yilgi lotin alifbomizda hozirgi Gʻ harfi uçun aynan şu Ğ işlatilgan, 1995 yilda bu harf Gʻ harfiy birikmasi bilan almaştirilgan. Ğ harfini aksariyat mobil qurilmalar klaviaturalarida qiyinçiliksiz yoziş mumkin.
3). Ŏ — brevisli O, diakritik belgisi kirillçadagi O‘ harfining belgisi bilan bir xil. Agar Gʻ harfi uçun Ğ harfi qabul qilinadigan bölsa, u bilan juda mos tuşadi (Ğ – Ŏ): qabul qilinayotgan harflardagi diakritik belgilarning turi köpaymaydi va bu qulaylik yaratadi.
4). Õ (tildali O) harfining diakritik belgisi hozirgi paytdagi Oʻ va Gʻ harflarining yozma körinişidagi belgisi — tölqinli çiziqça bilan bir xil. Ammo uning şerigi — G̃ (tildali G) ni bir urinişda yozib bölmaydi, ustidagi tölqinli çiziqni xuddi Gʻ ning belgisi kabi alohida kod (U+0303) yordamida aks ettiriş talab etiladi, ya’ni mavjud muammo öz joyida qoladi, şuning uçun bu harflarni da’vogarlar safidan çiqaramiz.
5). Ō (makronli O) va Ḡ (makronli G) harfining körinişi hozirgi yozma şaklga yaqin, lekin Ḡ/ḡ harfi UNICODE jadvalining quyi qismida joylaşgani uçun şriftlar tarkibida deyarli uçratmaymiz. Bu hol matbaa işi, umuman, iş jarayonida köp muammolarni yuzaga keltiradi.
6). Ǒ (karonli O) va Ô (sirkumfleksli O) harflaridagi diakritik belgilar bir-biriga öxşaşroq: öquvçini çalğitib, köziga qadaladi, matnning çiroyiga ham putur yetkazadi. Şuning uçun ham bu harflarni qabul qiliş maqsadga muvofiq emas, deb hisoblaymiz.
7). Ǧ (karonli G) va Ĝ (sirkumfeksli G) harflaridagi diakritik belgilar haqida ham şu fikrni aytişimiz mumkin.
8). Óó – Ǵǵ zanjiridagi harflar yaqin qardoşlarimiz bölgan qoraqalpoq va qozoq xalqlari alifbosi tarkibidan ham örin olgan. Ó va Ǵ harflari amaldagi şakl (O‘ va G‘) ga yaqinroq bölgani va hozirgidek özaro juftlik hosil qilgani uçun xalqimizning, xususan, yoşlarimizning könikişi oson keçadi. Bu harflarning yozma körinişini hozirgiday şaklda yozsak ham böladi.
Qiyoslardan ayon bölyaptiki, variantlar içida ikkita mos juftlik bor: bular — Ŏŏ va Ğğ hamda Óó va Ǵǵ harflaridir. Konferensiyada Ŏŏ va Ğğ juftligi maqbul variant sifatida e’tirof etilgan edi. Ammo keyingi mulohazalarda O‘ tovuşining tilimizda nisbatan köp işlatilişi, Ŏŏ harfining «şoxdor» belgisi esa matnda qöpol körinişi, qolaversa, Óó va Ǵǵ harflarining qardoş xalqlar, ayniqsa, bir Vatan içida yaşayotgan qoraqalpoq xalqi alifbosi bilan bir xil bölişi har jihatdan maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.
Oʻ va Gʻ harflari böyiça taklif:
II. Ch va Sh harfiy birikmalari va muammolari
Hozirgi alifbomizda C harfi yöq, lekin Ch harfiy birikmasida öz-özidan paydo bölib qoladi. Holbuki, mantiq talabiga köra, harfiy birikmalar alifbodagi mavjud harflardan taşkil topişi kerak edi. Qolaversa, bu harfiy birikmalar xalqimiz örgangan «bir tovuş — bir harf» tamoyiliga mos tuşmaydi, şu bois ba’zi noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
Ingliz tilida «Charles Dickens» degan yozuvçining ismi boş harf bilan yozilganda ular «Ch.Dickens» emas, «C.Dickens» deb yoziladi. Özbek tilida esa unday emas, masalan, «Shuhrat Chinberdiyev» degan ism-familiyani faqat boş harflari bilan yozmoqçi bölsak, «Sh.Ch» deb yozişga majburmiz.
Ba’zan hafta kunlarining qisqartma nomlarini işlatişga töğri kelib qoladi. Bitta harfli qisqartmalar: D, S, C, P, J, S, Y. Bunda, C — Çorşanbaning qisqartmasi, biroq özbek lotin yozuvida C harfi ham, C harfi bilan boşlanadigan hafta kuni ham yöq. J dan keyin kelgan S — Şanbaning qisqartmasi, bunda ham şu muammo: Sh deb yozsak 2ta harf bölib ketadi.
Eng asosiy muammo — özbek tilida Ch va Sh tovuşlari juda faol tovuşlar sanaladi. Qiyoslaydigan bölsak, ona tilimizda Ch va Sh tovuşlari ingliz tiliga nisbatan 3-5 barobar köp uçraydi va bu hol Ch, Sh ning matnda ketma-ket, ğuj bölib kelişiga sabab bölyapti va öqiş-yozişni qiyinlaştiryapti.
Shoshish, xushchaqchaq, ishchi, sharshara, achchiqtosh kabi sözlarimizning özida 2-3tadan Ch va Sh bor. Bundan taşqari, özbek tilida harakat nomlarining -sh, -iş qöşimçalari bilan yasalişi ham Sh va Ch harfli sözlar sonining oşişiga xizmat qiladi. Xullas, inglizlarga qulay bölgan Ch, Sh birikmalari özbek tilida izma-iz kelib, noqulay holatlarni yuzaga keltirmoqda. Fikrimiz isbotsiz bölmasligi uçun Ernest Hemingueyning dunyoga maşhur «Alvido, qurol!» romanining ilk jumlalarini avval ingliz, söng özbek tilida beramiz:
In the late summer of that year we lived in a house in a village that looked across the river and the plain to the mountains.In the bed of the river there were pebbles and boulders, dry and white in the sun, and the water was clear and swiftly moving and blue in the channels.Troops went by the house and down the road and the dust they raised powdered the leaves of the trees.The trunks of the trees too were dusty and the leaves fell early that year and we saw the troops marching along the road and the dust rising and leaves, stirred by the breeze, falling and the soldiers marching and afterward the road bare and white except for the leaves.The plain was rich with crops; there were many orchards of fruit trees and beyond the plain the mountains were brown and bare. There was fighting in the mountains and at night we could see the flashes from the artillery. In the dark it was like summer lightning, but the nighs were cool and there was not the feeling of a storm coming.
O‘sha yili yoz oxirlarida biz qishloqda, kulbada turardik. Kulbadan narida daryo bilan vodiy, ulardan ham olisroqda toğlar yastanib yotardi. Daryoning özani oftobda oqargan, quruq qayrağochlar va mayda shağal bilan qoplangan, daryo shoxobchalarida esa suv tip-tiniq va köm-kök bölib, shöx shaldirab oqib borardi. Kulba oldidagi yöldan qo‘shinlar ötib borar, ularning oyoğidan kötarilgan tözon oğochlarning barglariga ötirardi. Oğochlarning barglari ham changga burkangandi, öşa yili yaproqlar erta tökila boshlagandi, biz bölsak yöldan qo‘shinlarning ötib borishini, chang-tözonning kökka örlashini, shamol yaproqlarni yulqib-sulqib uchirib ketayotganini, soldatlarning odimlarini, söngra esa kimsasiz, böm-böş tuproq yölda yolğiz yaproqlargina tökilib yotishini tomosha qilardik. Vodiy yerlari hosildor edi, unda boğzorlar serob edi, vodiy etagidagi toğlar esa taqir qönğirtoğlar edi. Toğlarda jang ketmoqdaydi, kechalari portlashdan yolqinlar kötarilardi. Qoronğida ular shafaqqa öxşab körinardi: faqat tunlari etni junjiktirib sovuq turar, havo quruq edi.
Uşbu matnlardagi Ch va Sh birikmalarini sanab, qiyoslaydigan bölsak, özbekça matnda inglizça matndagidan 5 barobar köp ekani ma’lum böladi.
Şu qiyosning öziyoq ingliz tili uçun juda qulay bölgan Ch va Sh birikmalarining özbek tili uçun qançalik noqulay ekanini körsatib turibdi.
Bu muammolarni bartaraf etiş uçun yana diakritik belgili harflarga murojaat qilamiz. Quyidagi jadvalda diakritik belgili S va C harflarini körib çiqamiz.
Quyida har bir juftlikni tahlil qilib ötamiz.
1. Ş/ş va Ç/ç juftligi. Ost belgisi harf özagiga qöşilib yoziladigan Çç va Şş harflari yoziş va öqişga qulay hamda milliy xarakterga ega: ular 1929–1940 hamda 1993–1995 yillardagi alifbomizda ham bölgan. Bizningça, Ch va Sh tovuşlari uçun eng maqbul harflar — Çç va Şş. Ularning ost belgisi bir xil ekani özaro uyğunlikni ta’minlaydi.
2. Ś/ś va Ć/ć juftligi. Bu harflardagi diakritik belgini S va C harflari ustida yozma holatda ifodalaş noqulay. Bu tovuşlar, ayniqsa, Sh tovuşi tilimizda köp uçragani uçun matnni mitti diakritik belgilarga töldirib taşlaydi. Şu bois bu harflarni qabul qiliş maqsadga muvofiq emas.
3. Ŝ/ŝ va Ĉ/ĉ juftligi. Bu harflarning ust belgilarini yozma şaklda ifodalaş önğaysiz.
4. Š/š va Č/č juftligi. (3) va (4) bandlardagi harflarning diakritik belgilari bir-biriga yaqinligi bois, ularni adaştiriş ehtimoli yuqori, şuningdek, ular öquvçining köziga qadaladi, şuning uçun ularni ham röyxatdan çiqaramiz.
5. Ṡ/ṡ va Ċ/ċ juftligi. Nuqta belgisi harflarning asosiga nisbatan öta mitti bölgani uçun alohida harf tasavvurini bermaydi — Ṡ/ṡ va Ċ/ċ ni mos ravişda S va C bilan çalğitiş xavfi kuçli.
6 Ṣ/ṣ harfining C bilan boğliq jufti yöqligi bois, uni ham röyxatdan çiqaramiz.
Ch va Sh harfiy birikmalari böyiça taklif:
III. ng tovuşi bilan boğliq muammolar
«Ikkita harf bilan ifodalanuvçi Ch va Sh harbiy birikmalarini isloh qilyapmiz, ng harfiy birikmasini nima qilamiz?» degan tabiiy savol paydo böladi.
E’tibor bersak, ng tovuşi, boşqa tovuşlarga qiyoslaganda, alohida xususiyatga ega: u heç qaçon söz boşida kelmaydi. Bu tovuşga arab alifbosida ham, kirill-özbek alifbosida ham, amaldagi lotin alifbosida ham yaxlit harf ajratilmagan. 1993 yilda qabul qilingan lotin-özbek alifbosida bu tovuş ilk bor Ñ/ñ harfi bilan ifodalandi-yu, 1995 yilda yana undan voz keçildi. Sababi, Ñ/ñ harfini idrok etişda köpçilik çalğidi. Ya’ni, kirill imlosiga köra qaysi sözda N va G harflari yonma-yon kelgan bölsa, yoppasiga Ñ/ñ harfi bilan yozila boşlandi. Masalan: taña, mañu. Aslida, bu sözlardagi N va G harflari Ñ tarzida yoziladigan bölsa, qöşimça G harfi orttirilişi kerak, şunda talaffuz töğri böladi: tañga, mañgu. Maşhur adibimiz Çingiz Aytmatovning ismi qirğiz tilida Chyңgyz deb yozilişi bejiz emas. Yoki N tovuşi bilan tugagan sözga -ga qöşimçasi qöşilsa ham, ñ emas, ng yozilişi kerak: menga, jonga, vatanga. Ñ va NG örtasidagi bunday öziga xos nozik, biroz e’tibortalab çegarani ilğamaslik oqibatida xatolar avj oldi.
Ikkinçidan, ng birikmasi yaxlit harfga aylanadigan bölsa, kirill va hozirgi alifboda çop etilgan son-sanoqsiz kitoblarni hamda boşqa har xil matnlarni yangi alifbomizga ögiriş çoğida köplab çalkaşliklar yuzaga keladi — elektron dasturlar ң (ŋ) tovuşiga qöşib, bir-biriga aloqasiz, ammo yondoş kelgan barça N+G harflarini birvarakayiga bitta harfga özgartirib yuboradi. Tilimizda ң (ŋ) tovuşi va yonma-yon keladigan N+G harflari judayam köp uçragani uçun ularni topib, qiyoslab töğrilaş — muharrir-u musahhihlarga katta zahmat yuklaydi.
Qolaversa, tilimizda ba’zi sözlarda uçraydigan NG‘ tovuşiga (qönğir, qönğiz, tönğiz, qinğir, önğay) ham alifbomizda alohida harf ajratilmagan. Şunday ekan, heç qaçon söz boşida kelmaydigan, boşqa tovuşlarga qaraganda çeklangan NG tovuşini ham alifbodan taşqarida fonetik birikma sifatida örgansa böladi, deydi mutaxassislar.
ng tovuşi böyiça taklif:
ng birikmasini yaxlit harfga aylantirmasdan, alifbodan taşqarida fonetik birikma sifatida örgatiş-örganiş.
IV. C/c harfi bilan boğliq muammolar
Bu belgini yoqlovçi va rad etuvçi ikki zid qutb bor.
C/c ni rad etuvçilar uni alifbomizga kiritmasligimiz kerak, sababi, bu harf turli xalqlarda turliça tovuşlar (s, k, j, ch, ts)ni ifodalaydi, unga qaysi tovuşni yuklamaylik, xalqaro atamalarni öqişda çalkaşliklar yuzaga keladi, deyişadi.
C/c ni yoqlovçilar bu harf alifbomizda mavjud bölmagani bilan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijtimoiy hayotimizda baribir iştirok etyapti, masalan, pasport seriyasi, test savolnomasi, avtomaşina raqamlari kabi röyxat bandlarini alifbo asosida tartiblaşda va boşqa holatlarda Cc harfidan foydalanyapmiz, şuning uçun bu harfni alifboga qabul qilişimiz şart, deyişadi.
C/c ni yoqlovçilarning aksariyati bu belgidan kirill alifbosidagi Ts/ts tovuşini ifodalaş uçun foydalanaylik, deyişadi va öz qaraşlarini asoslaş uçun qator dalillar keltiradi.
Jumladan:
1) til jonli hodisa sifatida muntazam rivojlanadi: ötgan asrda tilimizga çet tillar, xususan, rus tili orqali ts harfi qatnaşgan juda köp özlaşma sözlar kirib keldi — s harfi yoki ts birikmasi esa bu tovuşni hamişa ham töla aks ettirmaydi;
2) xalqaro tabiatga ega bölgan sözlar, xususan, köp ilmiy-tibbiy atamalarda C/c (ts) harfi juda faol iştirok etadi;
3) özga millat vakillarining ism-familiyasidagi ts tovuşini töğri aks ettiriş imkoniyati yöqligi bois ba’zan muayyan noqulaylik, çalkaşliklar yuzaga kelmoqda. Masalan: Tsoy — Soy, Tsiskaridze — Siskaridze;
4) qadimiy lotin tiliga mansub bölgan ts harfli köp sözlar asliyatda ham C/c harfi bilan yozilgan. Masalan: sirk (circus), sement (caementum), konsert (concerto), litsey (lyceum) va hak. Va bugun ham lotin alifboli köp xalqlar bu sözlarni asliyatga muvofiq yoki yaqin tarzda yozadi. Masalan:
5) dunyodagi köp xalqlar alifbosiga faqat özlaşma sözlar uçun maxsus harflar kiritilgan. Masalan, vengr alifbosida — Q, W, X va Y harflari;
6) alifboga C/c (ts) harfining kiritilişi kirill yozuviga örganib qolgan katta avlod vakillarining ham lotin yozuviga tezroq moslaşib ketişiga, rasmiy alifbomizning keng qöllanilişiga zamin yaratadi.
Mabodo, C/c tarafdorlarining yuqoridagi dalillari asosli deb topilsa va alifbomizga C/c (ts) harfi qabul qilinsa ham, bizningça, rus tili qonuniyatlariga kör-körona ergaşmasdan, özlaşma sözlarning etimologiyasi hamda tilimiz tabiatidan kelib çiqqan holda öziga xos qoidani joriy qilişimiz lozim.
Ehtimol, bu qoida şunday bölar: «C/c harfi özlaşma sözlarda qöllaniladi. U söz boşida yoki undoş tovuşdan keyin kelsa, S/s harfi kabi (cirk, lekciya), unli tovuşdan keyin kelsa, ts (licey, administraciya) tarzida öqiladi». Şunda C/c li özlaşma sözlarni asliyatga muvofiq yozib, tilimiz tabiatiga köra talaffuz qilamiz.
C/c harfi böyiça taklif:
Alifbo tugalligini ta’minlaş, şuningdek, özlaşma söz va atamalarni aniq ifodalaş maqsadida C/c (ts) harfini qabul qiliş.
YaKUNIY TAKLIFLAR
1. Fuqarolarimiz, ayniqsa, yoşlar savodxonligi böyiça muammolar, köçadagi yozuvlar, reklama va tarğibot materiallarining savodsizlarça yozilişi, baynalmilal sözlarning kirill va lotin yozuvlarida turliça ifodalanişi böyiça anglaşilmovçiliklar, eng muhimi, Özbekiston Respublikasining «Davlat tili töğrisida»gi Qonunining ijro etilişini qiyinlaştirayotgan ba’zi omillar 1995 yilda qabul qilingan Özbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida»gi Qonunidagi kamçiliklar bilan bevosita boğliq. Joriy alifboni takomillaştirmay turib, özbek tili imlosini talab darajasida işlab çiqib bölmaydi. Mavjud imlomizda juda köp xatolar bor. Ularni tuzatiş uçun alifbodagi muammoli harflarni imkon qadar tez isloh qilişimiz şart. Imlo tuzatilmas ekan, reklama va köça-köydagi yozuvlarga talab qöyib bölmaydi. Bu esa «Davlat tili töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini sekinlaştiradi. Davlat tili ijrosi haqida qayğurar ekanmiz, birinçi navbatda «Lotin yozuvi asosidagi özbek alifbosini takomillaştiriş» böyiça yangi qonun işlab çiqilişi, söng «Özbek tilining yangi imlo qoidalari» işlab çiqilib, Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan tasdiqlanişi, şular asosida «Reklama töğrisida» va «Firma nomlari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunlari tartibga keltirilişi lozim. Ana şu işlardan söng «Davlat tili töğrisida»gi Qonun ijrosi nazoratga olinsa, samarali böladi.
2. Milliy alifbomizdagi mavjud muammolar nafaqat öqiş-yoziş jarayonida qiyinçilik tuğdirmoqda, şu bilan birga, imloni, grammatikani tekşiruvçi, matnni nutqqa aylantiruvçi va nutqni matnga aylantiruvçi kompyuter dasturiy ta’minotlarining paydo bölişiga ham tösqinlik qilmoqda.
Ayni paytda Google, Microsoft, Huawei, Samsung, LG va boşqa bir qator yirik texnologik kompaniyalar öz dasturiy mahsulotlarini özbekçalaştirayotganini hisobga olsak, alifboni keçiktirmasdan isloh qilişimiz ayni muddao sanaladi.
3. Milliy alifbomiz isloh bölib, qulaylaşsa, katta-kiçik avlodlarga mansub hamyurtlarimiz, şuningdek, yaqin-olis mamlakatlarda yaşovçi millatdoşlarimiz yagona yozuv atrofida jipslaşadi — nuqsonsiz, qulay alifbo xalqimizning birligiga, yakdilligiga xizmat qiladi.
4. Taklif sifatida Işçi guruh tomonidan 29 harf va bir belgidan tarkib topgan takomillaştirilgan alifbo loyihasi işlab çiqildi.
Quyida uşbu alifbo loyihasini e’tiboringizga havola etamiz.
Uşbu xulosa «Ma’naviy hayot» jurnalida ham çop etilgan.