Senatning navbatdagi yalpi majlisida «Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan AQŞ Mudofaa vazirligi örtasida maxfiy harbiy ma’lumotlarni himoya qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi bitimni ratifikatsiya qiliş haqida»gi qonun ma’qullandi.

Bu bitim Vaşingtonda 2023 yil 9 iyunda imzolangan edi.

Senatning Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi Ravşanbek Alimov sözlariga köra, jahondagi va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat, mavjud harbiy tahdidlar – Özbekiston Respublikasi Qurollik kuçlarining rivojlangan davlatlar, jumladan, AQŞ bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirişini taqozo etmoqda.

Senat raisi Tanzila Norboyeva sözlariga köra, qonun yaxşi bölib, unda özaro manfaatli ma’lumotlar almaşinuvi, beğaraz harbiy-texnik yordam oliş, harbiy texnikalarni töğri ekspluatatsiya qiliş uçun öquv maşğulotlarini ötkaziş masalalari qamrab olingan.

Qonun senatorlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.