27-28 iyul kunlari Farğona viloyatiga taşrif buyurgan prezident Şavkat Mirziyoyev hududdagi va umuman respublika böylab jinoyatçilik bilan boğliq vaziyatni keskin tanqid qildi. Ötkazilgan yiğilişlar davomida nafaqat IIV tizimidagi, balki prokuratura tizimidagi köplab xodimlar ham ogohlantirilib, 6 ta tuman prokurori işdan olindi.

Işdan olinganlar orasida oxirgi vaqtlarda jamoatçilikka sökonğiçligi bilan tanilgan Bandixon tumani prokurori Soatmurod Mahmanov ham bor.

Avvalroq Bandixon tumani prokurori Soatmurod Mahmanovga tegişli ekani aytilgan audio tarqalgan edi. Prokuror soliq tuşumlarini bajarmagan mahalla raislariga töğri muomala qilmagan, barçasini uyatsiz sözlar bilan haqorat qilgan. Hatto ayol raislarni ham sökişlari bilan yaxşigina “siylagan” edi.

Uşbu voqeadan sal ötib aynan şu prokuror tumandagi fermer xöjaliklaridan birining rahbarini yiğilişga keçikib borgani uçun avval haqorat qilib, söngra kaltaklagandi.

Ammo Boş prokuratura kamida ma’muriy jazoga tortilişi mumkin bölgan holatda intizomiy çora köriş bilan çeklangandi.

Şuningdek, prezident ötkazgan yiğilişda jinoyatçilikka qarşi kuraşişda sustkaşlikka yöl qöygani uçun Andijon, Buvayda, Narpay, Yunusobod, Rişton tumanlari prokurorlari ham egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Jinoyatçilikni jilovlaş va aholi bilan işlaşda sustkaşlikka yöl qöygani uçun Boş prokurorning birinçi örinbosari Bahriddin Valiyevga hayfsan e’lon qilindi va uç oy sinov muddati tayinlandi.

Qöl ostidagi xodimlari hamda içki işlar idoralarida qonun ijrosi ustidan nazoratni susaytirib yuborgani uçun Farğona viloyati prokurori Baxtiyor Ismoilovga