Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida ölim bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2024 yil 12 noyabr kuni soat 8:00 larda sodir bölgan. Bandixon tumani Çinor mahallasidan ötuvçi 4R-100 avtomobil yölida 32 yoşli haydovçi boşqaruvida bölgan Nexia yölning belgilanmagan joyidan kesib ötayotgan 7 yoşli bolani urib yuborgan.
Oqibatda, tumandagi 9-maktabning 1-sinfida tahsil olayotgan bola oğir tan jarohatlari olib tuman şifoxonasida vafot etgan.
Qayd etilişiça, bola öqiydigan maktabda YHXB mutasaddilari, mahalla aholisi, vafot etgan bolaning ota-onasi iştirokida muhokama yiğilişi ötkazilgan.












