12 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xorazmda jurnalist Davlatnazar Rözmetovning fojiali halok bölişi yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi. Içki işlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirliklari va boşqa idoralar mutasaddilari iştirokida ötkazilgan tadbirda dastlabki tergov-suriştiruv xulosalari asosida batafsil ma'lumot berildi.

Tadbirni kiriş sözi bilan oçib bergan AOKA direktori Komil Allamjonov agentlik Davlatnazar Rözmetov bilan aslida nima röy bergani yuzasidan örganişlar ötkazgani, mutasaddilarni taklif qilib vaziyatga oydinlik kiritişga qaror qilgani haqida gapirdi.

Şundan söng tadbirga taklif etilgan mutasaddilar öz ma'lumotlarini taqdim etişdi.

Xorazm viloyati IIB boşliği örinbosari, Tergov boşqarmasi boşliği Ahmadjon Pölatov öşa kungi voqealar xronologiyasini keltirdi.

Ahmadjon Pölatov

«2019 yilning 6 noyabr kuni taxminan soat 23:00-23:30 oraliğida fuqaro Safarov öz boşqaruvida bölgan «GAZel» avtomobilida Urganç-Xiva yölida harakatlanib ketayotgan vaqtda 1971 yilda tuğilgan piyoda Davlatnazar Rözmetovni urib yuborgan. Olingan tan jarohatlari oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat böyiça Jinoyat Kodeksining 266-moddasi böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Sizga tuşunarli bölişi uçun jinoyat işi materiallaridan slayd tayyorlaganmiz. Hodisani tiklaş uçun piyoda Rözmetov YTH sodir bölgan joyga qanday borib qolganini xronologik tarzda aniqlaştirdik.

6 noyabr kuni soat 17:23da marhum Rözmetov özining tanişi, advokat Umid Davletov bilan birga ovqatlaniş maqsadida Urganç şahrida joylaşgan «Yagona» kafesiga kirib kelişgan. Bu holat kafedagi kuzatuv kameralari tomonidan qayd etilgan.

Soat 21:52da Rözmetovning dösti Ğayrat Bobojonov ham uşbu davraga kelib qöşilgan.