Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlar va xöjalik yurituvçi sub’yektlarning buxgalterlari tomonidan soliq qonunçiligiga kiritilgan özgartirişlarga keskin e’tirozlar bildirilmoqda.
Soliq kodeksiga kiritilgan özgartirişlarga köra, mulk soliği böyiça 1 kvadrat metr uçun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymat kiritildi. Bu – Toşkent şahrida 2 500 000 söm, viloyatlarda 1 500 000 söm. Muammo esa buning natijasida soliq tölovlarining 2-3 baravargaça oşişi bilan boğliq.
Şuningdek, e-ijara va e-aktiv tizimining murakkabligi, QQS zanjiri bilan boğliq va şu kabi bir qator özgarişlar tufayli kiçik va örta biznesda muammolar yuzaga kelayotgani tilga olinmoqda.
Kun.uz muammolarga izoh oliş maqsadida Davlat soliq qömitasi matbuot xizmati bilan boğlandi. Bizga ma’lum qilinişiça, qömita raisi Şerzod Qudbiyev 17 yanvar, duşanba kuni matbuot anjumani ötkazadi va e’tirozlar yuzasidan izoh berib, OAV vakillari savollariga javob beradi.
Kun.uz tadbirkorlardan soliqlarga kiritilgan özgartirişlar yuzasidan qanday muammolar va savollar bölsa, Telegram'da @kunuzmurojaat manziliga yöllaşni sörab qoladi. Eng dolzarb savollar böyiça DSQ raisidan batafsil izoh olişga harakat qilamiz.
Qayd etiş kerak, Şerzod Qudbiyev soliq stavkalari böyiça avval bergan bir neçta izohlarida Soliq qömitasi soliqlarni undiriş bilan şuğullanişi, soliq siyosatini belgilaş esa köproq Moliya vazirligiga boğliqligini aytgandi. E’tirozlarga sabab bölayotgan soliq stavkalarini belgilab bergan deputat va senatorlar hozirça muammoga munosabat bildirmadi.
Soliq kodeksiga, xususan yuridik şaxslarning mol-mulk soliği böyiça mazkur özgarişlarni kiritiş böyiça parlamentdagi muhokamalarda deputat Doniyor Ğaniyevning şu mavzudagi savoliga "Milliy tiklaniş" partiyasi yetakçisi Alişer Qodirov parlament yalpi majlisi qonun loyihalarini muhokama qiladigan joy emasligi, muhokamalar qömita va fraksiya yiğilişlarida bölişi, yalpi majlislarda esa deputatlar ovoz beriş orqali munosabat bildirişi kerakligini aytgandi.











