Hisobotga köra, Özbekistondagi bolalarning aksariyati kam daromadli oilalarda yaşaydi. Kambağallikning eng yuqori darajasi bolalar orasida, bolalarni tarbiya qiluvçi kattalar hamda 80 yoş va undan yuqori bölganlar orasida kuzatiladi.
«Bolalar uçun ajratiladagan nafaqa pulini bosqiçma-bosqiç köpaytirib boriş davlat xarajatlarini keskin oşirmagan holda bola puli oladiganlar sonini oşiriş imkonini beradi.
Kelajakda malakali işçi kuçiga ega böliş uçun Özbekiston bugun bolalar va yoşlarga investitsiya kiritişi kerak. Bolalar uçun nafaqa puli oilada bola tarbiyasi va rivojlanişi uçun zarur muhitni hosil qilişda muhim ahamiyatga ega. Bola nafaqasi inson kapitalini rivojlantiriş uçun zarur», – deyiladi YUNISEF hisobotida.
Prognozlarga köra, 2030-2040 yillarda Özbekistonda mehnatga yaroqli aholi soni tarixdagi eng yuqori körsatkiçga çiqadi.
«Inson kapitalining sifat nuqtayi nazardan yuqori bölişi esa bu davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişda sakraşni amalga oşiriş imkonini beradi», – ta'kidlangan hisobotda.
Körsatilişiça, kam ta'minlangan oilalar farzandlarining maktabgaça ta'limdan foydalaniş ehtimoli tengdoşlariga qaraganda 1,4 baravarga kam.
Nogironligi bölgan bolalarning ta'lim oliş imkoniyati esa tengqurlarinikidan sezilarli farq qiladi: 7-15 yoşdagi nogironligi bölgan bolalarning 13 foizi maktabga bormaydi, nogironligi bölgan yoşlarning uçdan bir qismi ta'limning biron şaklida iştirok etmaydi.
YUNISEF hisobotida Özbekistonda bolalar va yoşlar uçun ijtimoiy himoya tizimining samarasiz ekani sabablari körsatilgan.
Unga köra, bola parvarişi böyiça nafaqa yoki bolali oilalar uçun nafaqa qisqa vaqt davomida beriladi. Mahallalar nafaqa mablağlarini köp sonli oilalarga taqsimlaşga majbur bölişadi. Ammo köplab oilalar nafaqa olişga haqdor bölsa-da, mablağ yetişmasligi tufayli yoki nafaqa ololmaydi, yoki uzoq vaqt navbat kutib qoladi.












