Nurobod va Urgut tumanlarining bir qança mahallalarida aholi tibbiy körikdan ötkazildi. Bemor va keksalarning uylariga borib, tibbiy körik taşkil qilindi. Mahalla vakillari malakali şifokorlardan jarroh, onkolog, akuşer-ginekolog, endokrinolog, oftalmolog, terapevt va nevropatologlardan kerakli tavsiyalar olişdi. Mutaxassislarning tavsiyalarini sifatli hamda tezkor taşkil qiliş maqsadida hududlarning özida laboratoriya tekşiruvlari ötkazildi.

Institut va markaz mutaxassislari aholini tibbiy körikdan ötkaziş bilan bir vaqtda yuqumli bölmagan kasalliklarning oldini oliş, soğlom turmuş tarziga rioya qiliş va çora-tadbirlar töğrisida suhbat ötkazdilar. Soğlom ovqatlaniş qoidalari, şu bilan bir qatorda jismoniy faollikni oşiriş borasida kerakli tavsiyalar berildi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati

Samarqand davlat tibbiyot instituti yuqori kurs talabalari, magistr va klinik ordinatorlari Urgut tuman tibbiyot birlaşmasi şifokorlari bilan birga aholi salomatligini ta’minlaş, sifatli tibbiy körikni mahallalar kesimida olib boriş haqida aholi bilan davra suhbati ötkazdilar.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati

“Uşbu tadbirlardan közlangan maqsad, davlat rahbarining tibbiyot sohasi vakillari bilan uçraşuvdagi topşiriqlari va körsatmalarini joylarda amalga oşiriş va aholi salomatligini yaxşilaşdan iboratdir. Şu bilan birga joriy yilning 26 yanvar kuni Prezident tomonidan imzolangan “Endokrinologiya xizmatini yanada takomillaştiriş va kölamini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror mohiyatini barça tibbiyot xodimlariga yetkaziş asosiy yönalişlarimizdan biri hisoblanadi. Uç kun davomida Qöşrabot, Payariq, Oqdaryo, Iştixon, Past Darğom tumanlaridagi tibbiyot muassasalari xodimlaridan köplab takliflar olindi”, deydi Respublika ixtisoslaştirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Samarqand filiali boş vraçi Gulzoda Negmatova.