Aytiş joiz, mazkur klinika jahon andozalariga mos innovatsion va yuqori texnologiyali xirurgik davolaş usullarini amaliyotga kiritiş, ilmiy kadrlarni tayyorlaş, hududlardagi davolaş-profilaktika muassasalariga amaliy yordam körsatiş borasida samarali faoliyat körsatib kelmoqda. Markaz jami 200 öringa möljallangan bölib, unda keça-yu kunduz bolalar xirurgiyasi böyiça ixtisoslaşgan xirurgik yordam körsatiladi. Bolalar xirurgiyasining barça yönalişlari böyiça ixtisoslaştirilgan bölimlar mavjud.
Ötgan öttiz yil davomida markazda jami 230 mingdan ortiq bemor davolanib çiqqan va 150 mingdan ortiq operatsiyalar ötkazilgan.



Markazga ISO sertifikatini G-CERTI xalqaro sertifikatlaştiriş taşkilotining Özbekistondagi vakili Dilşod Muydinov topşirdi. Muydinov ISO sertifikati odatda biror taşkilotning mijozlarga körsatilayotgan sifatli xizmati uçun berilişini bildirdi. Xususan, SamDTI 2-klinikasining faoliyati G-CERTI xalqaro taşkiloti tomonidan örganilgani va e’tirof etilganini ma’lum qildi.

“Markazimizda bugungi kunda nafaqat Samarqand, balki qöşni Navoiy, Jizzax, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlaridan xirurgik kasalliklarga çalingan bemorlarni qabul qilyapmiz. Örtaça bir yilda 20 mingta murojaat bölsa, şundan 10 ming nafar bola davolanişga yotqiziladi. Olti mingta murakkab operatsiyalar ötkaziladi. Birgina urologiya sohasida ham kattagina yutuqlarga erişdik. Uşbu yönalişda respublikada birinçi bölib endourologik operatsiyalarni amalga oşirdik”, deydi SamDTI bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri Şuhrat Yusupov.













