Uzcard va Humo tölov tizimlari bankomatlarini integratsiya qiliş böyiça texnik işlar yakunlandi. Bu haqda Bu haqda Uzcard axborot xizmati xabar berdi.
“Yagona umumrespublika protsessing markazi MÇJ Milliy banklararo tölov tizimi bilan birgalikda Uzcard va Humo tölov tizimlari bankomatlarini integratsiya qiliş böyiça texnik işlarni yakunladi.
Hozirgi vaqtda pilot rejimida ikkita bankomat işlab turibdi: Uzcard'ga ulangan va Humo bank kartalarini qabul qiluvçi “Kapitalbank” ATB bankomati, şuningdek Humöga ulangan va Uzcard kartalari qabul qilinişini ta’minlaydigan “Xalq banki” ATB bankomati.
Tölov tizimlarining ikkala operatori tomonidan test sinovlari muvaffaqiyatli yakunlangandan söng, şuningdek tranzaksiyalarni amalga oşirişda yuzaga kelişi mumkin bölgan xatolar aniqlangandan keyin, tijorat banklarining barça bankomatlarini ulaş rejalaştiriladi”, deyiladi Uzcard bayonotida.
Ta’kidlanişiça, 2023 yil 1 iyundan boşlab tijorat banklari bilan kelişilgan jadvalga muvofiq barça bankomatlarni bosqiçma-bosqiç ulaş boşlanişi kutilmoqda.
Avvalroq, aholi tomonidan tölovlarni amalga oşirişda qöşimça qulayliklar yaratişga qaratilgan prezident qarori imzolangandi. Unda Humo va Uzcard tölov tizimlari özaro integratsiyasini bosqiçma-bosqiç, jumladan 2023 yil may oyiga qadar bankomatlar hamda 2023 yil yakuniga qadar tölov terminallari tizimini integratsiya qiliş işlarini yakunlaş belgilangandi.
Ma’lumot uçun, Uzcard va Humo tölov tizimlari integratsiya qilinişi haqida 2020 yildan buyon aytib kelinadi. Bu jarayon 2021 yil oxirigaça yakunlanişi haqida rasman e’lon qilingan, lekin bu amalga oşmay qolgandi.












