Prezident aholi tomonidan tölovlarni amalga oşirişda qöşimça qulayliklar yaratişga qaratilgan qarorni imzoladi.

Qarorga köra, “Humo” va “Uzcard” tölov tizimlari özaro integratsiyasini bosqiçma-bosqiç, jumladan 2023 yil may oyiga qadar bankomatlar hamda 2023 yil yakuniga qadar tölov terminallari tizimini integratsiya qiliş işlarini yakunlaş topşirilgan.

Şuningdek, 2023 yil 1 mayga qadar muddatga Toşkent şahrida huquqiy eksperiment tariqasida virtual kassa bilan qamrab olingan savdo va xizmat körsatiş şoxobçalarida naqd pul yeçiş xizmatini körsatiş amaliyoti joriy etiladi.

Şuningdek, Yagona ğazna hisobvaraği orqali hisob-kitoblarni 24/7 rejimida onlayn tartibda amalga oşiriş maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi Markaziy bankning “Tezkor tölovlar” tizimiga integratsiya qilinadi.

  • Uzcard va Humo tölov tizimlari integratsiya qilinişi haqida 2020 yildan buyon aytib kelinadi. Bu jarayon 2021 yil oxirigaça yakunlanişi haqida rasman e’lon qilingan, lekin bu amalga oşmay qolgandi.