UZCARD va HUMO terminallari ikkala tölov tizimining kartalarini özaro qabul qilişlari uçun takomillaştirilgan. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati ma’lumot bermoqda.

«Raqamli Özbekiston – 2030 strategiyasini tasdiqlaş va uni samarali amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmonini bajariş maqsadida UZCARD va HUMO tölov tizimlari joriy yildagi özaro integratsiyalaşuvning birinçi bosqiçini yakunladi. Şu tariqa har ikkala tizim terminallarida tölovlarni qabul qiliş amaliyoti namoyiş etildi. Yaqin kelajakda kassir tomonidan har bir karta uçun turli terminallarning taklif qilinişi şart bölmaydi — savdo va xizmat nuqtalari ikkala tölov tizimiga xizmat körsatadigan bitta apparatga ega böladi», deyiladi bayonotda.

Integratsiya memorandumi doirasida UZCARD va HUMO quyidagi yönalişlarda hamkorlikni davom ettiradi:

  • karta egalari, banklar, tölov taşkilotlari va çakana savdo şoxobçalari manfaatlarini himoya qiliş;
  • texnologiyalarni takomillaştiriş va naqd pulsiz hisob-kitoblarni rağbatlantiriş infratuzilmasini kengaytiriş;
  • tölov infratuzilmasi işonçliligi va axborot xavfsizligini ta’minlaş böyiça loyihalarni amalga oşiriş.