26 dekabrda UzAuto Motors premium segmentdagi törtta yangi krossoveri taqdimotini ötkazgan edi. 1 yanvardan esa 40 ming dollardan qimmat avtomobillarni Özbekistonga olib kirganlik uçun bojlar joriy etildi.
6 yanvar kuni bölib ötgan matbuot anjumanida «Özavtosanoat» AJ vakillari qimmat «inomarkalar» uçun boj tiklanganiga aloqador emasliklarini bildirdilar.
«Biz aksionerlik jamiyatimiz, ya'ni butun bir davlatning bojxona siyosatini amalga oşiradigan taşkilot emasmiz. Menimça, bojlarni özi xohlaganday öynatiş biror bir vazirlikning ham qölidan kelmasa kerak. Çunki Vazirlar Mahkamasi bor, davlat rahbari bor... Faqat bir kişi yoki bitta vazirlikning qölidan keladigan iş emas.
Davlatning strategiyasi bor, biz öşa strategiyaga qarab özimizning strategiyani belgilaymiz», – dedi «Özavtosanoat» AJ Strategik rejalaştiriş direksiyasi boşliği Rustam Qodirov.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Qodirov avtosanoat monopoliyasiga oid e'tirozlarga ham munosabat bildirgan.
«Monopolist-monopolist deb juda köp aytilyapti. Biz neçta-neçta kompaniyalar bilan gaplaşyapmiz, «Özbekistonda zavod oçinglar, kelinglar» deyapmiz.
Rossiyada 1 mln 800 mingtaça maşina sotilgan. Ularning bozori biznikidan qariyb 8 baravar katta. Şuning hisobiga 9ta avtomobil işlab çiqariş zavodi bor. Lekin bu degani Rossiyada «rastamojka» nol degani emas-ku, töğrimi?
Köpçilik bizdagi yangi maşinaning narxini çet eldagi işlatilgan maşinaning narxi bilan soliştiradi. Hozirda bizning bozorimizdagi şaroit şunaqaki, eski va yangi maşinalar narxi örtasidagi tafovut juda kam. Vaholanki rivojlangan mamlakatlarda maşinani salondan olib çiqib ketdingizmi, uning narxi 15-20 foizga tuşib ketadi. Lekin bor-yöği bir kun haydagansiz... Bizda ham şu kunlar keladi, xudo xohlasa», – dedi «Özavtosanoat» mulozimi.
Uning sözlariga qöşimça qilgan «Özavtosanoat» AJ Savdoni rivojlantiriş boşqarmasi boşliği Şuhrat Mirsamukov xalqaro savdoga oid «yangi nazariya» haqida gapirib berdi.









