Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yilning 12 yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini çop etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğibot qiliş böyiça komissiya tuziş töğrisida” farmoyiş berdi.
Matbuot, noşirlik va axborot sohasida tegişli huquqiy asos yaratilgan bölib, 10 dan ortiq qonun va 30 dan ortiq qonunosti hujjati qabul qilingan. 1 677 ta matbaa korxonasi, 118 ta naşriyot davlat röyxatiga olingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi, 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazi, tuman markazlari va şaharlardagi ta'lim muassasalarida 200 ga yaqin axborot-resurs markazi tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari hamda “Kitob olami”, “Şarq ziyokori” va “Özdavkitobsavdota'minoti” majmualari tomonidan kitob savdosi xizmati körsatiş yölga qöyilgan.
Yozuvçilar uyuşmasi huzurida taşkil etilgan “Ijod” jamoat fondi tomonidan yozuvçi va şoirlar, ayniqsa, yoş ijodkorlarning birinçi kitoblari köp ming nusxada naşr etilmoqda. Şu bilan birga, uşbu muhim soha rivoji bilan boğliq aholi, xususan, yoşlar örtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşirişda bir qator muammolar mavjudligini qayd etiş lozim.
Avvalo, badiiy, ma'rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoşlarning intellektual salohiyatini oşirişga qaratilgan adabiyotlarni çop etiş, ular bilan ta'lim muassasalarini ta'minlaş, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralaş, tarjima qiliş işlari puxta öylangan tizim asosida taşkil etilmagan. Çop etiladigan kitoblarni naşriyotlardan hududlarga arzon narxlarda yetkaziş, onlayn buyurtma beriş va manzilga yetkaziş tizimi sust rivojlangan, şuningdek, aholiga xizmat körsatişda elektron kitob şakllaridan keng foydalaniş yaxşi yölga qöyilmagan.
Uşbu sohadagi mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş, aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş böyiça tegişli takliflarni tayyorlaş maqsadida:
1. Kitob mahsulotlarini çop etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğibot qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturini işlab çiqiş böyiça işçi guruh va kiçik işçi guruhlar tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Işçi guruh (A.Aripov)ga bir oy muddatda soha mutaxassislari va ekspertlarini keng jalb qilgan holda, ilğor xorijiy tajribalarni inobatga olib, quyidagi masalalarni atrofliça örganiş va çuqur tahlil qiliş asosida tegişli takliflarni işlab çiqiş topşirilsin:












