Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 noyabrdan «Afrosiyob» tezyurar poyezdi chipta narxlari oshadi
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ 2018 yilning 1 noyabridan “Afrosiyob” tezyurar poyezdlariga chiptalar narxini oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu elektr energiyasi, xomashyo, ehtiyot qismlar uchun barcha xarajatlarni qoplash va xodimlarga raqobatbardosh ish haqini to‘lash uchun zarur chora hisoblanadi.
Narxlarni o‘zgartirish mavjud yo‘nalishlar sonini saqlab qolish va yo‘lovchilarni ijtimoiy ahamiyatga ega yo‘nalishlar bo‘yicha tashishda ortiqcha xarajatlarni yo‘qotish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Toshkent-Buxoro-Toshkent, Toshkent-Shahrisabz-Toshkent, Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishlarida “Afrosiyob” tezyurar poyezdlarining 4ta sostavi harakatlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" aksiyadorlik jamiyati yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdi yo‘l chipta narxlari 15 avgust kunidan boshlab o‘zgarganini ma'lum qilgandi. Chiptalar narxi o‘rtacha 34—35 foizga oshirilgandi.
Mavzuga oid
22:03 / 16.07.2026
Jazirama sabab poyezdlar tezligiga cheklov qo‘yiladi
10:40 / 14.07.2026
Kuchli issiq tufayli ayrim poyezd vagonlarida salqinlik pasayishi mumkin
09:40 / 13.07.2026
Toshkent metrosiga yana 3 ta zamonaviy poyezd qo‘shildi
11:55 / 04.06.2026