Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha apellyatsiya shikoyati Samarqand viloyat sudida ko‘riladi

O‘zbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovning ma'lum qilishicha, surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy ishini apellyatsiya instansiyasida ko‘rish advokatning shikoyatiga asosan Samarqand viloyati sudiga o‘tkazilgan.
Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov Kun.uz’ga blogerga nisbatan jinoyat ishi apellyatsiyasi Samarqand viloyat sudida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilayotganini tasdiqladi. Ishni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti hali belgilanmagan.
Eslatib o‘tamiz, mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdorlarining faoliyatini tanqid qilib kelgan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy joriy yil 10 may kuni tuhmat va tovlamachilikda aybdor deb topilib, sud hukmi bilan 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
«Sattoriy ishi» o‘zbek jamoatchiligi va jahon hamjamiyatida, xususan, huquq faollari tomonidan qizg‘in muhokama qilingandi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda kuzatilgan sel kichik talafotlar keltirdi
Jahon | 14:22
-
Trampni qo‘llagan badavlat amerikaliklar ham endi undan darg‘azab
Jahon | 14:11
-
Yaponiya O‘zbekistonda farmatsevtika zavodi qurishni rejalashtiryapti
Iqtisodiyot | 14:08
-
G‘azoda istehkomlar qurayotgan Isroil, Ukrainada yangi hududlarga hujum boshlagan Rossiya va Xitoyga 125 foizli boj joriy etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 13:43
Mavzuga oid

17:01 / 05.02.2024
Bloger Otabek Sattoriy ozodlikka chiqarildi

14:07 / 24.01.2024
Bloger Otabek Sattoriy 2024 yil bahorida ozodlikka chiqishi aytilmoqda

18:24 / 19.05.2022
Huquq faoli qamoqxonada Otabek Sattoriy va Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev bilan uchrashganini ma’lum qildi

20:23 / 05.04.2022